Mavzu: Ikki komponentli sistemalar. Yelka qoidasi mundarija kirish


Download 201 Kb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi201 Kb.
#1615016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ikki komponentli sistemalar. Yelka qoidasi

Kurs ishining vazifasi mavjud tahlil usularini takomillashtirish va tahlilning yangi usularini ishlab chiqishdan hamda, talabalarda fizik kimyoning nazariy asoslarini o‘zlashtirib ortirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini konkret vaziyatli masalalarni xal etishda qo‘llay bilish va olingan natijalarni to‘g‘ri baholash ma’suliyatini o‘rgatishdan iborat.
Fizik kimyoviy analiz - modda yoki sistemaning fizik xossalari bilan uning tarkibi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganadigan kimyoviy termodinamika usuli. Fizik kimyoviy analizda sistemaning turli fizik xossalari, koʻpincha fazaviy oʻtish trasi va boshqa issiklik xossalari (issiklik oʻtkazuvchanligi, issiqdik sigʻimi, issiqlikdan kengayishi), elektr (elektr oʻtkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanligi), optik (sindirish koʻrsatkichi), zichlik, qovushqoqlik, qattiqlik kabi xossalari oʻrganiladi. Tekshirilayotgan obʼyektning rentgen strukturaviy analizi, mikroskopik metallografiya va boshqa usullari bilan aniqpanadigan tavsiflaridan ham foydalaniladi.
Tayanch so‘z va iboralar: Ikki komponentli sistemalar uchun Gibbs fazalar qoidasining qo‘llanilishi. Komponenlari suyuq holatda cheksiz eriydigan va qattiq holatda o‘zaro erimaydigan sistemalar. Suyuq holatda cheksiz eriydigan, qattiq holatda esa kimyoviy birikma hosil qilib kongruent suyuqlanadigan sistemalar. Inkongruent holda kimyoviy birikma hosil qilib suyuqlanadigan sistemalar. Termik tahlil.


I. ASOSIY QISM
1. Ikki komponentli sistemalar uchun Gibbs fazalar qoidasining qo‘llanilishi
Agar sistema ikki komponentdan iborat bo‘lib, muvozanat holatiga harorat va bosim ta’sir etsa Gibbsning fazalar qoidasi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
S = 2 – F + 2 = 2 – F
Smin=0 bo‘lganda F=4 bo‘ladi. Demak, ikki komponenli sistemalarda bir vaqtning o‘zida muvozanatda turgan fazalar soni 4 dan ko‘p bo‘lishi mumkin emas (s, b, q1, q2). F = 1 bo‘lganda sistema erkinlik darajasining maksimal soni 3 ga teng bo‘ladi. Ikki komponentli sistemalarning holat diagrammasini uch o‘lchamli diagrammalar yordamida ifodalash mumkin. Ko‘pincha ikki komponentli sistemalarning holatini P=konst yoki T=konst bo‘lganda o‘rganiladi. Bunday holatda yuqoridagi tenglamamiz quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
S = 2 – F + 2 = 3 – F
Harorat–tarkib yoki bosim-tarkib koordinatalarida qurilgan diagrammalar tekis tuzilishga ega bo‘ladi. Qattiq fazalardan iborat ikki komponentli sistemalarning holat diagrammalari termik tahlil usuli yordamida eksperimental aniqlanadi. Bunday diagrammalarni suyuqlanish diagrammalari deyiladi. Suyuqlanish diagrammasi shunday diagrammaki, u sistema holatini uning tarkibiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shulardan ba’zilarini qarab chiqamiz.

Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling