Mavzu: ikki o'lchovli massivlarga doir dastur tuzish reja
Download 226.98 Kb.
|
1MUSTAQIL ISH 14.05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy oyna
- Forma oynasi
Bir o`lchovli massivlar. Massiv bu bir tipli nomerlangan ma`lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli o`zgaruvchi tushunchasiga mos keladi. Massiv ta`riflanganda tipi, nomi va indekslar chegarasi ko`rsatiladi. Masalan, long int a[5]; char w[200]; double f[4][5][7]; char[7][200]. Massiv indekslar har doim 0 dan boshlanadi. C ++ tili standarti bo`yicha indekslar soni 31 tagacha bo`lishi mumkin, lekin amalda bir o`lchovli va ikki o`lchovli massivlar qo`llaniladi. Bir o`lchovli massivlarga matematikada vektor tushunchasi mos keladi. Massivning int z[3] shakldagi ta`rifi, int tipiga tegishli z[0],z[1],z[2] elementlardan iborat massivni aniqlaydi. Massivlar ta`riflanganda initsializatsiya qilinishi, ya`ni boshlang`ich qiymatlarlari ko`rsatilishi mumkin. Masalan, float C[]={1,-1,2,10,-12.5}; Bu misolda massiv chegarasi avtomatik aniqlanadi. Agar massiv initsializatsiya qilinganda elementlar chegarasi ko`rsatilgan bo`lsa , ro`yxatdagi elementlar soni bu chegaradan kam bo`lishi mumkin, lekin ortiq bo`lishi mumkin emas. Masalan, int A[5]={2,-2}. Bu holda a[0] va a[1] qiymatlari aniqlangan bo`lib, mos holda 2 va –2 ga teng.
Borland C++ Builder6 ning intеgrаllаshgаn sоhаsi dаstur mаtnini kiritish, uni tаhrirlаsh, nаtijаlаrini sаqlаsh, dаsturni bаjаrish kаbi imkоniyatlаrni bеrаdi. Borland C++ Builder6 tizimi – bu murakkab mexanizm bolib, C++ tilidan foydalanib dasturchining ishini yengillashtirishda katta imkoniyatlarga ega. Bu muhit bir vaqtning o‘zida ochilgan 5ta asosiy oyna bilan ishlash imkonini beradi: Asosiy oyna; Fормa oynasi; Dastur kodi oynasi; Obyektlar inspektori; Obyektlar daraxti oynasi. Asosiy oyna – Borland C++ Builder6ning ilova oynasidir va u tizmning barcha oynalarida mavjuddir. Bu oyna boshqaruvning asosiy funktsiyalarini bajaradi. Asosiy oynaning o‘ng tarafida komponentalarning palitrasi(guruhi) joylashgan: BDE, Standart, Additional va boshqa guruhlardan tashkil topgan. Bu komponentalar asosida Forma dizayni tuziladi, y’ani «Forma» oynasida oynalar, ro‘yxatlar, tugmalar yaratiladi. Bunda tizimning maxsus tahrirlovchisi yordam beradi. Forma oynasi - dasturning Windows oynasi loyihasi hisoblanadi. Bu oynaga dasturni bajarish jarayonida zarur bo‘lgan komponentalar joylashtiriladi va bu oyna vizual dasturlashning asosini tashkil qiladi. Boshlang‘ich oyna nomi Form1 standart nomiga ega bo‘ladi. Download 226.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling