Mavzu: Ikki qatlamli devorning issiqlik o’tkazuvchanligi
Download 23.51 Kb.
|
3-qayta top qozon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nyuton qonuni
MAVZU:Ikki qatlamli devorning issiqlik o’tkazuvchanligi Uzunligi L , ichki radiusi ru , va tashqi radiusi rT bo‘lgan silindrik devorning issiqlik o‘tkazuvchanligini ko‘rib chiqamiz. Issiqlik o‘tkazish turg’un jarayonda amalga oshayotgani uchun devorning ichki va tashqi yuzalaridagi temperaturalari o‘zgarmasdir, yaʼni tw1 = tw2 - Ammo, ichki va tashqi yuzalar bir-biriga teng bo‘lmagani uchun Suyuqlik massasi turbulentligi qanchalik yuqori va uning zarrachalari jadal ravishda aralashtirilsa, konveksiya usulida issiqlik almashinish shunchalik intensiv bo’ladi. Shunday qilib, konvektiv issiqlik almashinish, issiqlikning mexanik uzatilishi va suyuqlik harakati gidrodinamikasiga qattiq bog‘likdir. Issiqlik almashinish jarayonida qatnashayotgan suyuqlik ikki qatlamdan tashkil topgan, yaʼni chegaraviy qatlam va oqim o‘zagi (yadrosi) dan. Oqim o‘zagi issiqlik o‘tish vaqtining o‘zida ham konveksiya, ham issiqlik o’tkazuvchanlik usullarida amalga oshadi. Bunday issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi. Konvektiv issiqlik almashinish sxemasi. Issiqlikning qattiq jism yuzasidan suyuqlik (yoki gaz) ga yoki suyuqlik (yoki gaz) dan qattiq jism yuzasiga o‘tishi issiqlik berish deb nomlanadi. Devor yuzasidan chegaraviy qatlam orqali energiya issiqlik o’tkazuvchanlik usuli bilan o‘tadi. Chegaraviy qatlamdan esa, suyuqlik o‘zagiga energiya asosan konveksiya usulida uzatiladi. Issiqlik energiyasining devor yuzasidan suyuqlikka uzatilish jarayoniga oqimning harakat rejimi katta taʼsir qiladi. Konvektiv issiqlik almashinish asosan 2 xil bo‘ladi, yaʼni erkin (yoki tabiiy) va majburiy konveksiya. Suyuqlik hajmining turli nuqtalaridagi zichliklarning farqi tufayli ro‘y beradigan issikdik almashinishga erkin konveksiya deyiladi. Bu jarayonga suyuqlikning fizik xossalari, uning hajmi, sovuq va issiq zarrachalari orasidagi temperaturalar farqi katta taʼsir ko‘rsatadi. Butun suyuqlik hajmining tashqi kuchlari taʼsiri natijasida ro‘y beradigan issiqlik almashinishga majburiy konveksiya deyiladi. Suyuqlikning harakati nasos, aralashtirgich, ventilyatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonga suyuqlikning fizik xossalari, uning tezligi, kanalning shakli va o‘lchamlari salmoqli taʼsir etadi. Suyuqlikning turbulent harakat rejimida laminar rejimdagiga qaraganda issiqlik almashinish ancha intensiv bo‘ladi. Nyuton qonuni Issiqlik berishning asosiy qonuni — bu Nyutonning sovitish qonunidir. Issiqlik almashinish yuzasi va suyuqlik (gaz) yoki suyuqlik (gaz) va issiqlik almashinish yuzasi orasida energiya o‘tishiga issiqlik berish deb nomlanadi. Issiqlik berish jarayoni issiqlik berish koeffitsiyenti a bilan belgilanadi. Ushbu qonunga binoan, issiqlik almashinish suyuqlik (gaz) ga uzatilgan issiqlik miqdori dQ, devorning yuzasi dF, yuza tw va muhit temperaturalari Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling