Mavzu: Ikki qatlamli devorning issiqlik o’tkazuvchanligi


Download 23.51 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi23.51 Kb.
#1793035
1   2   3
Bog'liq
3-qayta top qozon

tf ning farqi (tw – tf), hamda jarayonning davomiyligi d τ ga to’g’ri proporsionaldir, yaʼni:

yuqridagi tenglamadan issiqlik berish koeffitsiyentining o‘lchov birligini keltirib chiqarish mumkin:

Agar, issiqlik almashinish yuzasi bo‘ylab issiqlik berish koeffitsiyentining qiymati o‘zgarmas ( a = const) bo‘lsa, yuqoridagi tenglama quyidagi ko‘rinishni
oladi:

Demak, issiqlik berish koeffitsiyenti a devorning 1 m2 yuzasidan suyukdikka
1 s vaqt davomida, devor va suyuqlik temperaturalarining farqi 1 K bo‘lganda
uzatilgan issiqlik miqdorini bildiradi. Ushbu, issiqlik berish koeffitsiyentining miqdori bir nechta parametrlarga bog‘liqdir, yaʼni suyuqlikning harakat rejimi w, uning zichligi ρ, qovushqoqligi μ, solishtirma issiqlik sig’imi c, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ, hajmiy kengayish koeffitsiyenti β, devorning shakli va o‘lchamlari (truba diametri d va uzunligi L ) , hamda g‘adir-budurligi e va hokazolarga ega.
Yuqorida aytilganlarni quyidagi funksiya holatida yozish mumkin:

Umumiy ko‘rinishga ega bo‘lgan issikdik berish koeffitsiyenti tenglamasi ko‘rinishidan sodda bo‘lsa ham, α ni aniqlash juda murakkab. Chunki, yuqoridagi formuladan ko‘rinib turibdiki, α juda ko‘p parametrlarga bog‘liq. Shuning uchun, tajriba natijalarini o‘xshashlik nazariyasi yordamida umumlashtirish yo‘li bilan issiqlik berish koeffitsiyentini hisoblash kriterial formulasini keltirib chiqarish mumkin. Issiqlik berish koeffitsiyentini aniqlash uchun suyuqlikda temperatura taqsimlanishini bilish zarur. Undan tashqari, issiqlik almashinish jarayonini hisoblash uchun issiqlik berish koeffitsiyentini o‘zgaruvchi parametrlar bilan bog‘liq tenglamasiga ega bo‘lishi kerak. Bunday tenglama bo‘lib konvektiv issiqlik almashinishning differensial tenglamasi xizmat qiladi. Lekin, ushbu tenglama devor va suyuqlik chegarasidagi shartlarni xarakterlovchi tenglama bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.Issiqlik almashinish jarayonlarida ko‘pincha issiqlik energiyasi bir suyuqlikdan ikkinchisiga ularni ajratib turuvchi devor orqali uzatiladi. Temperaturasi yuqori bo‘lgan suyuqlikka devor orqali issiqlikning uzatilishi issiqlik o‘tkazish deyiladi. Ushbu yo‘l bilan uzatilgan issiqlik miqdori issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasidan aniqlanadi:

bu yerda K - issikdik o‘tkazish koeffitsiyenti, Vt/(m2 ∙ K);
∆to’rt — issiqlik va sovuqlik eltkichlar temperaturalarining farqi, K ;
F — ajratib turuvchi devor yuzasi, m2.


Download 23.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling