Mavzu: Ikkinchi analitik guruh kationlari
Cho’kma hosil bo’lishiga ta‘sir etuvchi omillar
Download 0.91 Mb.
|
Ikkinchi analitik guruh kationlari
Cho’kma hosil bo’lishiga ta‘sir etuvchi omillar.To‘la cho‘kishga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardir: 1. Eritmaning konsentratsiyasi. 2. Cho‘ktiruvchi miqdori. To‘la cho‘ktirish uchun cho‘ktiruvchining miqdori bir yarim barobar ortiqcha olinadi. Bunda erit madagi cho‘ktiriladigan ionlarning konsentratsiyalari mos ravishda kamayadi, ya’ni cho‘kmaning to‘la cho‘kishiga sabab bo‘ladi. 3. Bir ismli ion. To‘yinmagan elektrolit eritmasiga bir ismli ioni bo‘lgan elektrolit qo‘shib, to'yingan va o‘ta to‘yingan eritma hosil qilish mumkin. Darhaqiqat, agar AgCl ning to‘yingan eritmasiga oz-ozdan HC1 yoki KC1 qo‘shsak, dastlab AgCl ning EK qiymatidan (ya’ni 25° С da 1,78 • 10-10) kam bo‘lgan ionlar ko‘paytmasi asta-sekin unga tenglashadi va nihoyat, undan ortib ketadi. Shunga muvofiq eritma to‘yingan eritmaga va undan keyin o‘ta to‘yingan eritmaga aylanadi. Demak, qiyin eriydigan elektrolitlarning eruvchanligi ularning eritmasiga tarkibida shu eritmadagi ionlarning biri bilan bir ismli ioni bor birorta kuchli elektrolit kiritilishi bilan kamayadi. 4. Tuz effekti. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, bir ismli ioni bo‘lmagan tuzlar ham elektrolitlarning eruvchanligiga ta’sir etadi. Ammo bunday hollarda, odatda, eruvchanlik ortadi. Bu hodisa «tuz effekti» deb ataladi. Masalan K2S04 va Na2S04 shunga o‘xshash tuzlar qo‘shilganda AgCl ning eruvchanligi ortadi. Qo‘shilayotgan tuzlarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, ular shuncha ko‘p eriydi. Qiyin eruvchan elektrolitga bir ismli ioni bo‘lmagan tuzlarni kiritganda eritmaning ion kuchi ortishi sababli qiyin eruvchan elektrolit ionlarining aktivlik koeffitsiyentlari kamayadi. Bunda eritma to‘yinmagan bo‘lib, elektrolitning eruvchanligi ortadi. 5. Harorat. O‘zgarmas haroratda EK o‘zgarmas kattalikdir. Haroratning oshishi bilan EK qiymati ortib boradi. Xarakteriga (amorf, kristall) qarab cho‘kma turli haroratlarda cho‘ktiriladi. Cho’ktirilayotgan kationni cho’kmaga to’liq o’tkazilishi qo’shilayotgan cho’ktiruvchi reagentning miqdoriga va dissotsilanish yoki gidrolizlanish darajasiga cho’ktirilayotgan eritma рН нинг qийматига боg’лиq. Agar hosil bo’ladigan cho’kma suvda ancha eruvchan bo’lsa, biror ionning to’liq cho’ktirish uchun cho’ktiruvchi reaktivdan mo’lrok, ya‘ni uni tenglama bo’yicha talab etiladigan miqdoridan taxminan 1,5 martagacha kuprok qo’shish kerak. Masalan; Са2+ ni SO 2-4 ioni bilan cho’ktirishda kaltsiyning biror tuzi eritmasiga qo’shilayotgan (NН4)2SO4 reaktividan mo’lrok qo’shiladi, chunki Са2+ + SO 2-4 СаSO4 Muvozanatni ungga siljitish uchun SO2-4 ionlarining kontsentratsiyasi kattarok bo’lishi kerak. Reaktivdan xaddan tashqari ortiqcha qo’shish ham maqsadga muvofiq emas, chunki buning natijasida oson eriydigan moddalar hosil bo’lishi uchun sharoit yaratilgan bo’ladi. Masalan , Са2+ kationini cho’ktirishda (NН4)2SO4 tuzidan reaktiv sifatida foydalanilganda : Са2+ + (NН4)2SO4 = Са SO4 + 2 NН+4 Са SO4 cho’kmasi hosil bo’ladi. Agar cho’kma hosil bo’lgan eritmaga (NН4)2SO4 reaktividan qo’shishni davom ettirsaq, suvda eruvchan kompleks tuz hosil bo’ladi : Са SO4 + (NН4)2SO4 = (NН4)2 [Ca(SO4)2] Amfoter gidroksidlarning cho’kmalari ham cho’ktiruvchi reaktiv, ya‘ni ishqorning ortiqcha miqdorida eriydi. AI(OH)3 + NaOH = Na[AI(OH)4] Cho’kma eritma Ba‘zan ikkinchi gruppa kationlarining suvda erimaydigan qarbonatlari biqarbonatlarga aylanib, cho’kmadan eritmaga o’tadi. CHo’ktirish protsessini to’liq amalga oshirish uchun ishlatiladigan reaktivning dissotsilanish darajasi muxim ahamiyatga ega.chunki cho’ktiruvchi ionning kontsentratsiyasi reaktiv moddaning dissotsiatsiya darajasiga bog’liq. Masalan, Mg2+ ioni NН4ОН yoki NaOH yordamida cho’ktirilishi mumkin. Ammo NН4ОН qo’shib eritmadagi Mg2+ kationlarining barchasini cho’kmaga tushirib bo’lmaydi. chunki 0,1 M kontsentratsiyali NaOH eritmasida - 100% , shunday kontsentratsiyali NaOH eritmasida esa =1% ga teng. Demak cho’ktiruvchi ОН- ionlarining kontsentratsiyasi NН4ОН dan foydalanganimizda nisbatan 100 marta kam. Eruvchanlik ko’paytmasiga ko’ra : [Mg2+] [OH-]2 = ЭКMg(OH)2 ya‘ni tenglamadan [OH-]2 =[100]2 = 10000 ekanligi ma‘lum bo’ladi. CHo’ktirish protsessida ishlatiladigan reaktivlarning gidrolizlanishini hisobga olish kerak. Masalan, ikkinchi guruh kationlarining guruh reagenti oson gidrolizlanadi. (NН4)2СО3 + НОН NН4НСО3 + NН4ОН NН4НСО3 ning dissotsilanish natijasida hosil bo’ladigan НСО-3 anioni kationlarni cho’ktirish uchun yaroksiz yuqoridagi gidrolizlanishning oldini olish hamda muvozanatni chapga siljitish uchun eritmaga NН4ОН qo’shiladi. Eritmaning muhiti (рН) ham cho’kma hosil bo’lish protsessigva sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Xar bir ionning tula cho’kish uchun vodorod ionlarining kontsentratsiyasi ma‘lum qiymatga egai bo’lishi kerak. Demak, cho’ktirishni amalga oshirishdan oldin eritmaning рН ni tekshirish lozim. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling