Mavzu: Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Download 0.71 Mb.
|
Mavzu Iksod kanalarining parazit kasalliklarni tashishdagi aham
Parazitizmni kelib chiqishi. Yerda organik olamni paydo bo’lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo’lgani haqida turli fikrlar mavjud, aniq bir to’xtamli fikr yo’q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo’ladigan turli dalillar mavjud.
Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar guruhlarida turli yo’llar bilan boradi. Ye.N.Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo’lishidan bir oz yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo bo’lgan. Ko’pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o’tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog’liq. Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo’lishi to’g’risida ham turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog’liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. K.I.Skryabin va V.M.Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo’lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo’jayin bo’lolmaydi deydi va bir qancha misollar keltiriladi. Sestodalar avval ko’ptuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida yashagan, hatto ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar va sut emizuvchilarga o’tgan. Shu tariqa birlamchi xo’jayin – umurtqasizlar oraliq xo’jayinlarga aylangan. Akantosefallar avval mollyuskalarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo’lganidan keyin, ularni rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo’jayinlariga aylangan. Trematodalarda birlamchi xo’jayinlari mollyuskalar bo’lgan, umurtqalilar paydo bo’lganidan keyin mollyuskalar ularni oraliq xo’jayinlariga aylangan. Taxminlarga ko’ra parazit chuvalchanglar Paleozoy erasining silur va devon davrlarida paydo bo’lgan. Hasharotlardan - ikkiqanotlilar va pardaqanotlilarni parazitlikka o’tishi Yura davridan boshlangan. Yashash joyiga qarab parazitlar (Ectozoa) tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo'jayini tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlar(Entozoa)ga bo'linadi (bunda parazit xo'jayini tanasining ichki to'qima yoki bo'shliqlarida yashaydi) Evolyutsion taraqqiyot jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham kuzatiladi. Har ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash makoni sifatida foydalanish manfaatdorligi yotadi. Ko’pchilik ektoparazitlar asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot kechiruvchilardan o’tgan. Ektoparazitlik ko’proq bo’g’imoyoqlilarda (kanalar, parxo’rlar, junxo’rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan. Bo’g’imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog’lanishda (kontaktda) bo’lishi bilan bog’liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg’ochilari bir daqiqadan ozroq, tayga kanasi 6-8 kun, burgalar xo’jayuinlarida hayotini ko’p qismini, bitlar esa xo’jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy yashaydi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling