Mavzu: Ildiz mevali sabzavotlar
Download 43.78 Kb.
|
ILDIZ MEVALI SABZAVOTLAR
Urug’chiligi. O’zbekiston sharoitida qand lavlagidan yuqori reproduktsiyali urug’ olish uchun, oldin lavlagi ildizmevasi shakli va rani bo’yicha baholanadi, so’ngra ekib urug’ olinadi. yem-xashak uchun olingan urug’larni lavlagini ildizmevasini ekmasdan, urug’ni ekib, olish mumkin. Urug’lik uchun ekiladigan lavlagi qand olinadigan lavlagiga qaraganda bir oy kech ekiladi. Tuproqni ekishga tayyorlash, mneral o’g’itlar bilan oziqlantirish odatdagi ekish yuilan bir xil bo’ladi. O’simlikning ko’chat qalinligi gektariga 160-180 ming tup, pog.metrda o’simliklar yagana qilingandan so’ng 10-12 ta o’simlik qoldiriladi, shuning evaziga urug’lik ildizmevalarning vazni 250-300 g/ga teng bo’lishi kerak. O’simliklarga ishlov berish: 2-3 marta kultivatsiya va 1-2 chopiq qilinadi, birinchi va ikkinchi sug’orishdan oldin 75-80 kg azotli o’g’it bilan oziqlantiriladi. Sug’orish tizimi ildizmevalarni ozuqa uchun yetishtirish bilan bir xil. Urug’lik ildizmevalar oktyabrning oxiri va noyabr sovug’i tushmasdan oldin ozuqa uchun ildizmevalarni yig’ishtiradigan mexanizmlar bilan yig’ishtiriladi. Ildizmevalar qo’lda tozalanganda ildizmevalilarning boshchasidagi barg bandlari 3-4 sm uzunlikda kesiladi va saqlanadigan joyga keltiriladi. Urug’li ildizmevalar saqlanadigan handaklarning kattaligi, ozuqa uchun oldizmevalar saqlanadigan handaklar bilan bir xil, lekin havo almashishi uchun qo’yiladigan shamollatgichlar har 2 metrga o’rnatiladi. Tipik holatdagi urug’lik ildizmevalar ajratiladi, kasallangan, o’lchami katta ildizmevalar ajratib olib tashlanadi. Bu vaqtda aprbator bloknoti to’ldiriladi. Urug’lik ildizmevalari kuzda saralanganligi haqida akt to’rdiriladi. Bahorda handak ochilgandan so’ng, saralangan ildizmevalar qayta saralanadi va «Urug’liklarni bahorda saralash» akti to’ldiriladi va so’ngra urug’lik ildizmevalar ekiladi. Download 43.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling