Mavzu: Ildiz mevali sabzavotlar
Download 43.78 Kb.
|
ILDIZ MEVALI SABZAVOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekinning tarixi.
Qand lavlagining xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi qand olish va mollarga ozuqa uchun yetishtiriladigan kerakli texnik ekindir. Ildizmevasida o’rtacha 17-20% qand moddasi bor. Ildizmevaning hosili 40-50 t/ga bo’lganda gektardan 7-8 t/ga qand to’plash mumkin, qand zavodlarida qand ishlab chiqarilgandan keyin shinni (patoka) va jom qoladi. SHinnining quruq moddasida 60% qand 15% azotsiz moddalar, 8-9% kul moddasi bo’ladi. SHinnidan spirt, sut va limon kislotasi ishlab chiqaradi. Jomning tarkibida 15% quruq modda, 10% azotsiz moddalar, 3% kletchatka, 0,7% kul, 0,1% moy va 1,2% oqsil bor. 100 kg quruq jomning to’yimliligi – 80 oziq birligiga teng. Lavlagining hosili 30 t/ga bo’lganda jomning chiqishi 24 t bo’ladi. Bargi umuman ildizmeva hosilining 30-35% ini tashkil etib, to’yimlilik xususiyati boshqa o’simliklar ko’katidan kam emas. Barg tarkibida 20% quruq modda bo’ladi, shu jumladan 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy 100 kg bargining to’yimliligi 18-20 oziq birligiga teng Yig’ishtirilgan qand lavlagining 1 kg ildizmevasi tarkibida 0,25-0,26 oziq birligi, 9-12 hazmlanuvchi protein 0,29-0,54 g kaltsiy, 0,35-0,51 g fosfor va bargida – 0,11-0,13 oziq birligi 16-21 oqsil 1,08 g kaltsiy va 0,36 g fosfor mavjud. qand lavlagidan bo’shagan yerlarga ko’pincha dala va sabzavot ekinlari ekiladi. Ekinning tarixi. Hozirgi kunda ekiladigan lavlagi ikki yillik ekin. Ko’pchilik ilmiy kuzatishlarda ko’rsatilishicha, uning vatani O’rta yer dengizi hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlarda eramizgacha 2000-1500 yil oldin sabzavot o’simligi sifatida foydalanib kelingan. Ildizmevasidan Osiyning tog’li viloyatlarida, taxminan eramizdan 1000 yil oldin foydalana boshlangan. VIII-XII asrlarda O’rta Osiyo, Kavkazorti, Sibir va boshqa mamlakatlarga keltirilgan. XVIII-XIX asrlarga kelib lavlagi ildizmevasi xo’raki, qand va oziq yo’nalishida ekiladigan bo’ldi. qand lavlagi o’rtacha iqlim o’simligi bo’lib, u Kanada, Daniya, SHvetsiya, Germaniya, Frantsiya, Ukraina, Rossiya, Latviya, Belorussiya, Turkiya, YAponiya, Afg’oniston mamlakatlariga tarqalgan. yer yuzida qand lavlagi 7,9 mln.ga maydoniga ekiladi. O’zbekistonga qand lavlagi XX asr boshida keltirilib, asosan qand zavodlariga mahsulot yetishtirish uchun ekilib, katta maydonlarga ekilmagan. Hozirgi vaqta O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lgandan so’ng, qaytadan qand lavlagi yetishtirilib qand ishlab chiqarish maqsadida ekin maydonlari kengaymoqda. 1999 yilda 14,0 ming ga sug’oriladigan yerga qand lavlagi ekiladi. qand lavlagi serhosil ekin bo’lib yer yuzida (1994 y.) o’rtacha 32,8 t/ga ildizmeva hosili olingan. O’zbekistonda (1998 y.) 119,7 ts/ga ildizmeva olingan. Urug’ hosili 15-20 ts/ga. Xorazmda yirik qand ishlab chiqarish zavodi qurildi. Bundan tashqari respublikada 20 ta mini zavodlar mavjud. Sistematikasi. Qand lavlagi -Beta vulgaris L. v.saccharifera -turiga, Chenopodiaceae oilasiga mansub ikki yillik o’simlik. Birinchi yili barg to’plami, yo’g’onlashgan ildiz (ildizmeva) rivojlanadi. Ikkinchi yili poya, gul, meva rivojlanadi.Biologik rivojlanishi. Beta avlodiga kirgan turlar ildizmeva hosil qilish xususiyatiga ega. Madaniy qand lavlagi – bu bargli va ildizmevali tur xillari o’rtasidagi duragay bo’lib, uzoq davom etgan selektsiya ishlari natijasida ancha takomillashgan. Birinchi yili lavlagi yo’g’onlashgan ildizmeva va 50-90 ta barg hosil qiladi. Urug’dan uruqqacha rivojlanish jarayoni 11 ketma-ket bosqichda o’tadi . Urug’ni unishi, maysalarning hosil bo’lishi, 6-8° tuproq isiganda boshlanadi. Tuproqda nam, issiqlik, havo bo’lganida urug’ tez unib chiqadi. Tupmevadan urug’ning bo’linib chiqishi 3-5 kun bo’ladi. Unib chiqqan lavlagi urug’i urug’pallasi bilan yuqoriga o’sib chiqadi. Keyingi davr 6-10 kunni o’z ichiga olib, bu vaqtda tez sur’atda maysalanish lavrida ildizi 12-15 sm bo’ladi, 1-2 ta chinbarg rivojlanganda – 30 sm bo’ladi. SHu davrdan boshlab asosiy ildiz ildiz yo’g’onlasha boshlaydi. Kambiy tuqimalarini doimo bo’linib ko’payishi hisobiga ildiz tez yo’g’onlashib boradi. Agrotexnika sharoiti yaxshi bo’lsa, ildizmevaning vazni 500-600 g bo’ladi. Ildizmevaning jadal o’sishi va barglarning rivojlanish davrida ildizmeva navga xos shaklga ega bo’ladi – bu iyun-iyul oylariga to’g’ri keladi. Ildizi tuproqqa chuqurroq yeirib boradi. YOzning oxirida ildizmevada quruq modda ko’p to’planadi. Bu vaqtda ildizmeva vazni ancha o’sadi. Birinchi yili ildizi 2-3 m chuqurlikka kirib boradi.
Tinim davri urug’lik ildizmevalarni qishda saqlashda o’tadi. Bunda surakkab biokimyoviy jarayonlar: modda almashinuv, nafas olish va bo’g’inlarni rivojlanishi yuz beradi. Urug’liklarning qayta o’sish davri erta bahorda ildizmevalar tuproqqa ekilgandan so’ng boshlanadi. Undan keyingi davr – barglarni o’sishi va poyalarni hosil bo’lishi – yetarli miqdorda nam va mineral o’g’itlar bilan ta’minlanishiga bog’liq. Gullash davri yozning boshlarida, ya’ni kundalik harorat 28-30° va havo eng past namlikda bo’lganda changlari yaxshi yetarli va changlanish jarayoni yaxshi o’tadi. Urug’ni paydo bo’lish davrida mo’’tadil havodan lekin havo va tuproq namligi yetarli bo’lganda yaxshi kechadi. Urug’ning pishish davrida aksincha, ob-havo quruq va issiq bo’lganda, pishish bir vaqtda kechadi. Hamma rivojlanish davrlar uchun birinchi yilda 180-200 kun, ikinchi yilda 115-120 kun kerak bo’ladi. Download 43.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling