Mavzu: Ildiz va uning vazifalari
Download 10.3 Kb.
|
Barg va uning vazifalari
Bargni ko’ndalang kesimida tomirlari ustki va pastki tomondan epidermis bilan qoplanganligini, uning ostida esa kollenxima hujayralari joylashganligini ko’rish mumkin. Tolalarning ma'lum qismini asosiy parenxima hujayralari egallagan bo’lib, ular orasida ayrim tolali naychalar bog’lami bo’ladi. Uning yuqori qismi yog’ochlik hujayralaridan, pastki qismi esa lub elementlaridan iborat bo’ladi. Bog’lamlar poyada qanday joylashsa, barg tomirlarida ham xuddi shunday joylashadi. Bog’lamlarning eng ko’pi bargning asosida bo’lib, barg uchiga tomon esa maydalashib boradi va nihoyat barg plastinkasining eng chetiga yog’ochlikning bittagina naychasi etib boradi. Shu sababli suv naycha bo’ylab barg plastinkasining eng chetigacha etib boradi, etning naycha atrofidagi cho’zinchoq hujayralari esa fotosintez mahsulotlarini bargning eng uchidan boshqa qismlariga oqib borishini ta'minlaydi. Bir pallali o’simliklar bargining mexanik to’qimalari sklerenximadan, ikki pallali o’simliklar barginiki esa kollenxima va tosh hujayralaridan iborat. Mexanik to’qimalar naychalar bog’lami bilan birgalikda joylashib ularni pishiq qilsa, tosh hujayralar barg bandi va tomirlarini qattiq qiladi.
Bargning ichki tuzilishi ekologik sharoitga mos ravishda o’zgaradi. Sukkulent hisoblangan igna bargli o’simlik qarag’ayning bargi tashqi tomondan qo’shimcha himoya qobig’i gipodermaga ega. Barg mezofilli bir-biriga zich joylashgan burmali parenxima hujayralaridan iborat. Mezofill hujayralari orasida sklerenxima halqasi bilan o’ralgan smola yo’llarini ko’rish mumkin. Bargning markazida endoderma bilan o’ralgan kollatyeral o’tkazuvchi boqlamlar joylashadi. Download 10.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling