Mavzu: Ildiz va uning vazifalari


Download 10.3 Kb.
bet1/3
Sana03.06.2024
Hajmi10.3 Kb.
#1842077
  1   2   3
Bog'liq
Barg va uning vazifalari

Mavzu: Barg va uning vazifalari

Reja :

  • Bargning tuzilishi va vazifalari.
  • Bargning rivojlanishi (ontogenezi).
  • Bargning ichki tuzilishi.
  • Barg metamorfozi

Bargning ichki tuzilishi

  • Epiderma bargning qoplovchi to’qimasi hisoblanib, u transpiratsiya va gaz almashinuvini boshqaradi. Hamma o’simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan. Bu hol ayniqsa qurg’oqchil sharoitda o’suvchi o’simliklar bargida yaxshi ifodalangan, ya'ni epiderma hujayralarning tashqi tomoni kutinlashgan va uning ustidagi kutikula qavati ham juda qalin bo’ladi. Barg eti ko’pchilik hollarda mezofill deyilib, uning hujayralari o’lchami va shakliga ko’ra turli xil bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklarda ular o’zaro zich joylashgan hujayralarning bir necha qavatidan iborat. Ular barg yuzasiga perpendikulyar joylashib, polisad yoki ustunsimon parenxima deb ataladi. Ularning hujayralarida juda ko’plab xloroplastlar bo’ladi. Ustunsimon parenxima ostida tarkibida xloroplastlari kam bo’lgan noto’g’ri shaklli hujayralardan iborat g’ovak to’qima joylashadi. Uning hujayralararo bo’shlig’ keng bo’ladi, ayniqsa ular suv o’simliklarida ko’p uchraydi va bu o’simliklar bargini suv yuzida suzib yurishiga yordam beradi. Barg etini tashkil etuvchi bu ikkala to’qima assimilyatsiya vazifasini bajaradi va shu sababli assimilyatsion to’qima deb ataladi.

Serquyosh sharoitda o’simliklarda mezofill hujayralarning aksariyati cho’ziq shaklda bo’lib, ular ustunsimon parenximani hosil qiladi. Salqin joylarda o’sadigan o’simliklarda esa bu to’qima mutlaqo bo’lmaydi yoki kam uchraydi. Bu holni hatto bitta daraxtning turli shoxlaridagi bargida ham kuzatish mumkin. Xususan, ustunsimon parenxima janub tomondagi barglarda yaxshi rivojlanib shimol tomondagilarida sust ifodalangan bo’ladi. Buning sababi shuki, ustunsimon to’qimaning hujayralari yorug’lik ta'sirini tartibga solib turadi. Ya'ni, yorug’lik ta'siri kuchli bo’lganda xloroplastlar ustunsimon parenxima hujayralarining pastki uchida, o’rtacha bo’lganda hujayralarning yon devorlariga yaqin joyda, kam bo’lganda esa hujayralar epidermis ostidagi yuqori uchida joylashadi.

  • Serquyosh sharoitda o’simliklarda mezofill hujayralarning aksariyati cho’ziq shaklda bo’lib, ular ustunsimon parenximani hosil qiladi. Salqin joylarda o’sadigan o’simliklarda esa bu to’qima mutlaqo bo’lmaydi yoki kam uchraydi. Bu holni hatto bitta daraxtning turli shoxlaridagi bargida ham kuzatish mumkin. Xususan, ustunsimon parenxima janub tomondagi barglarda yaxshi rivojlanib shimol tomondagilarida sust ifodalangan bo’ladi. Buning sababi shuki, ustunsimon to’qimaning hujayralari yorug’lik ta'sirini tartibga solib turadi. Ya'ni, yorug’lik ta'siri kuchli bo’lganda xloroplastlar ustunsimon parenxima hujayralarining pastki uchida, o’rtacha bo’lganda hujayralarning yon devorlariga yaqin joyda, kam bo’lganda esa hujayralar epidermis ostidagi yuqori uchida joylashadi.

Ko’pchilik o’simliklar ustunsimon parenximasi ostida voronkasimon shakldagi yig’uvchi hujayralar bo’ladi. Ular keng qismi bilan ustunsimon to’qima hujayralariga yondoshib joylashadi. Ularning vazifasi fotosintezda ustunsimon to’qima hujayralarida hosil bo’lgan organik moddalarni qabul qilish va uni bargning o’tkazuvchi bog’lamlariga o’tkazishdan iborat.

Download 10.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling