Mavzu: Ildiz va uning vazifalari
Download 12.58 Kb.
|
Ildiz va uning vazifalari
Mavzu: Ildiz va uning vazifalariReja :1.Ildiz xaqida tushincha2.Ildiz turlari va tizimlariIldiz xaqida tushincha
Ushbu turdagi ildiz tizimi tuproqqa chuqur unib chiqishi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, masalan, ba'zi o'tlarning ildizlari 10-12 metr chuqurlikka kirishi mumkin (qushuk, beda). Daraxt ildizlarining kirib borish chuqurligi ayrim hollarda 20 m ga yetishi mumkin. Agar tasodifiy ildizlar yanada aniqroq boʻlsa, koʻp miqdorda rivojlansa va asosiysi sekin oʻsishi bilan ajralib tursa, unda ildiz tizimi hosil boʻladi, uni tolali deb ataladi.
I. lar tuproqda tarqalishiga qarab oʻq ildiz va patak ildizga boʻlinadi. Asosiy I. yaxshi rivojlanib, yoʻgʻonligi va boʻyi bilan boshqalardan kattaroq boʻlsa, oʻq ildiz deyiladi. Bu xildagi I. lar, asosan, ikki pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, asosiy I. tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). Oʻq ildiz choʻl oʻsimliklarida 15—20 m gacha boradi. Patak ildizlar bir pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, bularda asosiy I. barvaqt quriydi yoki butunlay paydo boʻlmaydi, baʼzan esa oʻsayotgan patak I. lar bilan bir xilda oʻsadi (boshokdoshlarda). Ingichka oq I. chalar tukchalar bilan birga I.ning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10—15 sm, diametri 0,6—1,0 mm va undan ortiq boʻladi. Dagʻallashgan, rangi qoʻngʻirlashgan I.lar asosiy I. bilan birga I. tarmogʻining oʻtkazuvchi qismini tashkil etadi. Faol qismdagi I. chalar uchi I. gʻilofi bilan qoplangan, gʻilof I.ni tuproq orasiga oʻsib kirishda zararlanishdan saqlaydi. Gʻilof ostida hujayralarning boʻlinish — choʻzilish (oʻsish) zonasi joylashgan, uning hujayralari juda tez oʻsish xususiyatiga ega. Bundan key-in differensiallanish, yaʼni I. tukchalari zonasi (I. chaning asosiy qis-mi) keladi; suv va unda erigan oziq moddalar shu zonada soʻriladi. Masalan, gʻoʻzada tashqi muhit sharoitiga qarab asosiy (bosh) I. yerga 2 m va undan ham chuqur oʻsib kiradi; chuqurga kirgan sari u ingichkalashib (yuqorida 1,5—2 sm dan pastki qatlamlarda 1—2 mm gacha) boradi. Yon I. lar yon tomonlarga 50—100 sm gacha tarqalib oʻsadi. Oʻq I. nobud boʻlsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi tartib yon I.lar bajaradi, lekin bunda I. boʻyiga oʻsa boshlaydi.
Download 12.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling