Mavzu: ilk davlatlarning shakillanishi


Keyingi 25-30 yil ichida So’g’diyona va Baqtriya h


Download 118 Kb.
bet6/7
Sana14.02.2023
Hajmi118 Kb.
#1198212
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ILK DAVLATLARNING SHAKILLANISHI

Keyingi 25-30 yil ichida So’g’diyona va Baqtriya hududlarida ham keng ko’lamda olib borilgan ilmiy qidiruv va izlanishlar tufayli xuddi qadimgi Farg’ona dagidek kechagi chorvador qabilalarning bir qismi daryo havzalarida, tog’ oldi soylarining o’rta oqmi va etaklarida hosil bo’lgan pastqam, suvga yaqin joylarda dehqonchilik qila boshlaganini kuzatamiz. Masalan, Samarqand So’g’dini oladigan bo’lsak bu o’lkada qachonlardir qadimgi Turon yurtining afsonaviy hukmdori Afrosiyob yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, Samarqand shahriga asos solgan pahlavon ham xuddi o’sha Afrosiyob edi. Keyingi yillarda mahalliy matbuotda Afrasiyob Turon hukmdori ekan, Turon bu Turkiston, Afrosiyob ham turk, degan qarashlar paydo bo’lmoqda. Bu masala echimi Avestoda o’z aksini topgan.
O‘zbekiston xududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya podsholigi va “Katta Xorazm” tarixini o‘rganish XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida “Avesto”, yunon va rim yozma manbalaridagi ma’lumotlarni taxlil etish orqali boshlangan. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlariga to‘g‘ri keladi.
Baqtriya davlatchilik tarixi bo‘yicha XIX asr so‘nggida Yevropa tarixchilari o‘rtasida munozaralar boshlangan. V. Geyger, E. Raysh, T. Noldeke, XX asr boshida J. Prasheklar Baqtriya tarixi bilan shug‘ullanib, Ahamoniylar imperiyasiga qadar ham qandaydir siyosiy birlashmalar bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Ular asosan quyidagi antik davr tarixchilarining yozma manbalariga tayanganlar. Bu voqealarni Ktesiy Knidskiy, Diodor Pompey Trog, Arrian va Ksenofondlar
Ktesiy Knidskiy "Baqtriya kuchli va qudratli mamlakat, VIII asrdayoq mustaqil davlat bo‘lgan" deb ta’riflaydi. Ktesiy Knidskiyning asarlari o‘rta asr tarixchisi Fotiyning asarida ilova tariqasida bizgacha etib kelgan.
Diodor o‘z asarida Ossuriya shohi Ninning Baqtriyaga qarshi jang tafsilotlarini yozgan. Asar boshida Ninning Semiramidaga uylanish tafsilotlari tasvirlangan. Diodorning yozishiga qaraganda Nin Baqtriyani mag‘lub etish og‘irligini, aholisining ko‘p sonli ekanligini va jangda mohirligini, qal’alarining ko‘pligini bilgan. Shunga qaramay u ko‘p sonli qo‘shin yig‘adi va birinchi jangda Baqtriya shohi Oksiartdan tog‘ yo‘ldan tekislikka chiqadigan joyda mag‘lubiyatga uchraydi. Nin Baqtriya bilan bo‘ladigan yangi jangga tayyorlanadi.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling