Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Jismoniy tarbiya darslarida 
o'quvchilar faoliyatini tashkil etish 
shakllari
1. Frontal.
2. Guruhli
3. Individual
4. Aylanma mashg'ulot 
5. Oqim


Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda oʻqituvchi 
rejasiga muvofiq oʻquvchi mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari 
tushuniladi. 
Frontal (yoppasiga) shugʻullanish usuli - mashqlarni barcha oʻquvchilar 
bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi koʻproq oʻquvchi qamrab olishda, darsda 
yuqori zichlikka va katta jismoniy ogʻirlikka erishilishidadir, oʻquvchilar 
oʻqituvchi farmoyishi yoki jamosini baravariga bajarsalar, yoppasiga shugʻullanish 
usuli mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi boʻla oladi.
Mazkur usul oʻquv muassasalarining barcha bosqich oʻquvchilari bilan olib 
boriladigan ishlarda, ayniqsa, oʻquv materiali bilan tanishtirishda keng qoʻllaniladi.
Guruhli usul shundan iboratki, unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar, 
har bir guruh oʻqituvchi topshirigiga binoan mustaqil shugʻullanadi. Mashq uchun 
jixoz va inventar etishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona 
foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi oʻrganiladi. Guruhlar 
ma’lum bir vaqtdan soʻng joy almashadilar. Har bir guruhga oʻquvching 
mashgʻulot paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi. 
Guruhlarga boʻlinish ikkitagacha, uchtagacha sanash yoki bir qator 
kolonnadan ikki, uch kator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli 
joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi. 
Darsda guruhlar bir-biriga xalakit bermaydigan tarzda joylashadi. 
Guruhli usul barcha oʻquvchilar mustakil mashgʻulotlarga yetarli darajada 
tayyor boʻlganlaridan soʻng qoʻllanilishi mumkin. 
Individual usul shundan iboratki, bunda har bir oʻquvchi mashq bajaradi
qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda 
qoʻllaniladi. Bu oʻqituvchiga har bir mashq bajarilgandan soʻng yakun chikarishga, 
bolalar e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga qaratishga 
imkon beradiki, bu ta’lim va tarbiya jixatdan juda muxim. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling