Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari
- Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya .
Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari Maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasida tabiatning sogʻlomlashtirish kuchlari, gigienik omillar va jismoniy mashqlar katta ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni ta’siridan tashqari bolaning kunlik harakat faoliyati (har kunlik harakati, rasm olish, har xil oʻyinlar, musiqa, jismoniy mehnat) shunday rejalashtirilsinki, boʻlarning hammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratsin. Tanlab kerakki, ular muskullar kuchini yaxshilasin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda hamma organ va sistemalarni va jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yurush, yugurish, suzish va velosipedda yurushdek mashqlarni me’yorini barobarga ortirilsa bu sifat rivojlanadi. Bu oʻz navbatida shugʻullanuvchi yoshini hisobga olishni unutmaslik lozimligini taqazo etadi. Bu yoshda tayanchharakat apparati egiluvchan boʻladi. Uni qobiliyatini susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga toʻgʻri keladiganlarini barchasidan yaxshi foydalanish darkor. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalarida – yaslilar, bolalar bogʻchalari; jamoat muassasalarida – mahkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli va bogʻchalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat muassasalarida amalga oshiriladi. Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya. Bolalar bogʻchasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi olib boradi. tarbiyachi mashgʻulotlarni musiqachi, shifokor bilan rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni meyorini aniqlashga yordam beradi. Yasli va bogʻchalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun oʻquv tipidagi mashgʻulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli oʻyinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashgʻulotlar tarzida uyushtiriladi. Boʻlardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyani vazifalarini hal qiladigan jismoniy mashqlar, oʻynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi. Oʻquv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlari bolalarni harakatga oʻrgatishda asosiy roʻl oʻynaydi. Bu mashgʻulotlar yasli va bogʻchalarining hamma guruhlarida oʻtkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qoʻshib olib boriladi. 1-3 yoshgacha boʻlgan bolalardan yoshi katta boʻlgan guruhlarda (6-12) haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha boʻlganlarda haftada 1 marta va hamma guruhlar bilan birga oʻtkaziladi. Yoshi katta boʻlgan sari mashgʻulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashgʻulotlar 4 qismdan - tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunloq, qismlariga boʻlib olib boriladi va ularning har birida oʻzlarining aniq vazifalari hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, “oʻrmonga sayohat”, harakatli va syujetli (“Oʻrmonga sayohat” va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, soʻngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, toʻsiqlardan oshish, suzish va ochiq havoda boʻlishi kerak boʻlgan vaqt hisobiga oʻtkaziladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling