Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolani harakatga oʻrgatishda
- Koʻrgazmalilik uslubi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining
asosiy uslublari Harakatga oʻrgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Bu esa hayot uchun kerakli malaka va koʻnikmalarni osondan qiyin didaktik tamoyili asosida, ketma- ketlikda, asta-sekinlik bilan olib boriladi va jismoniy tarbiya haqida eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiena qoidalari talablariga boʻysunishga oʻrgatiladi. Maktab yoshigacha boʻlgan bola jismoniy tarbiyasi umumiy oʻqitish uslublari asosida olib boriladi va oʻqitishning quyidagi – onglilik va faollik, koʻrgazmalilik, kuchiga yarashalik va individuallashtirish, tizmlilik, talabalarini oshirish tamoyillariga tayanadi. Bolani harakatga oʻrgatishda: a) koʻrgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak boʻlgan harakat, koʻrgazmali qurol orqali koʻrsatiladi, taqlid qilinadi va narsalar turgan tomonlarga qarab bajarish uchun moʻljal beriladi. b) soʻz yordamida koʻrsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berish, soʻrash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi. v) mashq qilish uslubiyati – harakatni bajarish shartini oʻzgartirmasdan va oʻzgartirib bajarishdan foydalaniladi. d) oʻyin va musobaqa uslubiyati. Koʻrgazmalilik uslubi. Hamma yoshdagi guruhlarda yoshning katta- kichikligiga, harakat malakasi zahirasining koʻp yoki ozligiga qarab qoʻllashning mezoni belgilanadi. Eng kichik malakasi zahirasi kam boʻlib, ularda mashqlar haqida tasavvur hosil qilish juda qiyin boʻladi. Mashqga oʻrgatish uchun koʻrgazmalik uslubiyatidan koʻproq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni koʻrsatishdan tashqari koʻrgazmali qurol, rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashgʻulot paytida mashq texnikasini egallashni osonlashtiradi. Harakatga oʻrgatishda taqlid qil, qushlaish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda oʻsha harakatni hayvonlar va boshqa jonivorlar harakati misolida oʻqitish bolalarda obraziga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va ta’lim jarayonini faollashtiradi. Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda boʻlsa shunchalik qiziqib bajaradilar. Bu yoshdagilarga koʻrish va jismlarga qarab moʻljal olish, qobiliyatini oʻstirishni ahamiyati katta. U oʻz navbatida bajarilishi qiyin jismoniy mashqlarni bajarishni osonlashtiradi. Masalan: baland osib qoʻyilgan jismdan oshirib uloqtirish, bunda tana orqaga bukiladi, tananing ogʻirligi orqada toʻrgan oyoqqa yuklanadi, yoki sakrab, osib qoʻyilgan! Buyumga yetish, oʻyinchoqlar, boshqa jismlar ilib qoʻyib bajartirishni samarasi yuqori boʻladi. Bolalarni mashqlarini qoʻrqmay bajarishga oʻrgatish muhimdir. Harakat malakasini shakllantirishda ritm, tempni his qildirish, koʻpik, aytishuv bilan oʻynaladigan oʻyinlarga musiqa tavsiya qilinadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling