Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
10-Ma’ruza
Mavzu: Kasbiy - amaliy jismoniy tayyorgarlik Reja 1. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya mazmuni. 2. Gigienik gimnastika. 3. Jismoniy tarbiya pauzasi. 4. Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi. 5. Ishdan keyingi tiklanishga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya. Kalit soʻzlar: Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, gigienik gimnastika, faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi, mehnat faoliyati tartibida jismoniy tarbiya, birinchi guruh kasblar, ikkinchi guruh kasblar, uchinchi guruh kasblar, toʻrtinchi guruh kasblar, tushlik tanaffus vaqtida jismoniy tarbiya, ishdan keyingi tiklanishga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish-profilaktika gimnastika. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya mazmuni Ijtimoiy tadqiqotlar, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarning mehnat unumdorligi, shugʻullanmaydigan shaxslarning mehnat unumdorligidan 3- 8% ga yuqori ekanligini koʻrsatadi. Butun mamlakat miqyosida shuning oʻzi katta iqtisodiy foyda beradi. Bevosita mehnat tartibida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sakkiz soatli ish kuni ancha sezilarli charchashga olib keladi, shu sababli ish kuni davomida kuchni saqlash uchun mehnat va faol dam olishni optimal navbatlash tartibini yaratish kerak. Faoliyatning bir turidan boshqasiga yoki jismoniy mashqlarni bajarishga oʻtish charchagan organizmning tiklanishiga qulay imkoniyat yaratadi. Mehnat tartibiga u yoki bu jismoniy tarbiya turini kiritish ish qobiliyati dinamikasiga bogʻliq holda aniqlanadi. Insonning ish qobiliyati ish kuni davomida tebranib (oʻzgarib) turadi. Dastlab u past (ishga kirishish davri) boʻladi, keyin koʻtariladi va yuqori darajada (mustahkam ish qobiliyati davri) saqlanadi, undan keyin yana pasayadi (kompensatsiyalangan charchash davri). Bunday oʻzgarish bir ish kuni davomida ikki marta – tushlik tanaffusgacha va undan keyin takrorlanadi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling