Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Gigienik gimnastika 
Gigienik gimnastika quyidagi vazifalarni yechishga xizmat qiladi:
- organizmning asosiy fiziologik (mushak, asab) tizimlarini ishga 
tayyorlashni tezlashtirish;
- xizmatchining hissiy tonusini koʻtarish;
- organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini 
qisqartirish;
- butun mehnat kuni mobaynida yuqori ish qobiliyatini saqlashga xizmat 
qilish. 
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida oʻtkaziladi.
Uni faqat birinchi smenadagina emas, balki ikkinchi smenada ham oʻtkazish 
maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, kechki smenadagi kirishish gimnastikasi 
organizmning mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan organlari va tizimlari 
faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlishini inobatga olish kerak. 
Gigienik gimnastikada mehnat jarayonida bajariladigan harakatlar 
xususiyatiga mos jismoniy mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning 
uchun mashqlarni tanlashda mehnat jarayoni harakatlarini yaxshi oʻrganish va 
jismoniy tarbiya mashqlari majmuasiga shunday mashqlarni kiritish kerakki, ular 
organizmning aniq mehnat turi jarayonida yetakchi rol oʻynaydigan fiziologik 
funksiyalarini tezlashtirishga yordam bersin. 
Xususan, boshlangʻich gimnastikada harakat sur’ati oʻsib boruvchi
mashqlardan foydalanish lozim. Shu bilan birga, harakatlarning ishchi sur’atini tez 
oʻzlashtirish uchun oddiydan ancha yuqori sur’atni rivojlantirish tavsiya etiladi. 
Mehnat xususiyati va shart-sharoitlariga bogʻliq holda gigienik gimnastika 
jismoniy mashqlari majmuasining quyidagi uchta varianti oʻzaro farqlanadi: chigal 
yozish mashqlari, profilaktik faol dam olish va yaxlit ta’sirli mashqlar majmuasi. 


Chigal yozish mashqlari variantidan ogʻir jismoniy mehnat bilan 
shugʻullanadigan ishchilar uchun majmualar tuzishda foydalaniladi. Ularga 
mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan mushak guruhlarini ketma-ket jadal 
faoliyatga jalb qiladigan, koordinatsiyasi boʻyicha oddiy dinamik mashqlar 
kiritiladi. Mashqlarni bajarish sur’ati – oʻrtacha yoki tezkor. Mashqlar majmuasida 
yuklama asta-sekinlik bilan ortib boradi va majmua oxirida minimumga tushadi.
Profilaktik dam olish varianti harakatlanish stereotipi aniq qayd etilgan 
(masalan dastgohda ishlovchi) ishchilar uchun gigienik gimnastika majmuasi
asosini tashkil etadi. Mehnat operatsiyalarida bevosita ishtirok etuvchi mushak 
guruhlari faoliyatini jalb etadigan dinamik mashqlardan foydalaniladi.
Majmuaning oʻrtasigacha jismoniy yuklama tobora orttirilib, keyin asta-sekinlik 
bilan pasaytirib boriladi. Harakatlanish sur’ati – oʻrtadan yuqori. Toʻgʻri nafas 
olishga, mushaklarning choʻzilishiga va harakatchanligining ortishiga e’tibor 
qaratish kerak. 
Yaxlit ta’sir koʻrsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli 
diqqat-e’tiborni 
talab etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari, transport 
haydovchilari, konveyer xizmatchilari va b.) xizmatchilar uchun moʻljallangan. 
Mashqlar, asosan, boʻlajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita band boʻlmagan 
mushak guruhlariga, organizmning tizim va organlariga ta’sir etadi. Bunday 
mashqlar murakkab koordinatsiyali boʻladi, chunki qoʻllar, gavda, oyoqlarning 
qoʻshimcha harakatlarini oʻz ichiga oladi va diqqat-e’tiborning jamlanishini talab 
qiladi. Sur’at – oldingi ishdagi singari. Mehnati aniq harakatlar bilan bogʻliq 
boʻlgan shaxslar uchun (masalan, mayda mexanizmlarni yigʻuvchi yoki transport 
haydovchilari) maksimal jismoniy yuklama birinchi mashqlarga toʻgʻri keladi. 
Qolgan kontingent uchun katta yuklama majmuaning 4-6-mashqlariga toʻgʻri 
keladi.
Gigienik gimnastika majmualarida quyidagi jismoniy mashq guruhlari 
qoʻllanadi: kerishish (choʻzilish), yon tomonga egilishlar, oʻtirib turishlar, hamla 
qilish, sakrashlar, sport yurishi, yugurish, oldinga egilish, boʻshashish elementlari 
ishtirok etgan siltanish harakatlari, orqaga egilishlar, qoʻl va yelka kamari 


mushaklarini boʻshashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-e’tiborga 
yoʻnaltirilgan mashqlar. 
Turli kasb egalari uchun boshlangʻich gimnastika majmualarini tuzishda 
mehnat faoliyatining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi: 
1) ishlash (oʻtirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki toʻgʻri, 
erkin yoki kuchlanishli); 
2) ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta 
yoki kichik amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi 
harakatlar va b.); 
3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning 
takrorlanuvchanligi, 
reaksiya 
tezligi, 
diqqat-e’tiborning 
kuchliligi 
va 
konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama, mehnatning bir maromliligi va b.); 
4) subyektiv koʻrsatkichlar boʻyicha charchashning darajasi va xususiyati 
(diqqat-e’tiborning tarqoqligi, mushaklarda ogʻriq sezish, bosh ogʻrishi, 
asabiylashish va boshqalar); 
5) jismoniy mashqlar bilan shugʻullanuvchilar orasida salomatligida ogʻishi 
boʻlgan shaxslar mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga 
muvofiq); 
6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz 
mavjudligi).

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling