Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Sport nazariyasi ”
Nazariya - deganda, asosan, u yoki bu sohadagi tajribalarni
umumlashtiruvchi, tabiat qonunlarini, obyektiv ravishda koʻrsatishi asosiy bilimlarni inson ongida namoyon boʻlishi tushuniladi. Nazariya - ilmiy bilimning oliy shakli boʻlib, tamoyillar va qonunlar, tushuncha va funksiyalari, uslubiyati va qoidalarini, umumlashtirish va tahlil qilishda, ma’lum sohadagi bilimlarni bir butunligicha tushunchaga keltiradi. Sport nazariyasini haqiqiyligi sport faoliyati amaliyotda aniqlanadi, yoki nazariya bilan amaliyot bir-biri bilan mustahkam bogʻlangandir. Sport nazariyasini obyektiv holati inson faoliyati sohasini ijtimoiy hodisasi sifatida, musobaqalarni oʻtkazish va tashkil qilish tizimini, musobaqalarda yuqori sport natijalari va gʻalabaga erishish, shu bilan sogʻligini mustahkamlash va insonni umumiy jismoniy rivojlantirish maqsadida oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarini oʻtkazish hisoblanadi. Sport nazariyasini maqsadi - fan sifatida anglab etish, tavsif, tushuntirish va obyektiv qonunlarni bashorat qilish, sport faoliyati jarayonlarini va koʻrinishlarini, predmet tuzilishini oʻrganadigan va ijtimoiy holatlarni oʻz ichiga olishi, tashkillashtirilishi, metodik, biologik va sport bilan bogʻliqligini hisobga olishdan iboratdir. “Sport nazariyasi” ni koʻp funksionalli jamiyat hodisasi sifatida, jismoniy madaniyat instituti va jismoniy tarbiya fakultetlariga moʻljallangan oʻquv dasturidagi hajmi boʻyicha sportchini tayyorlash tizimidagi sportni har xil sohalari boʻyicha oʻquv predmetidir. Sport nazariyasi gepotezo-deduktiv yoki induktiv-deduktiv nazariya turiga kirib, bu ma’lum tizim va emperik (amaliy tajriba) holatini logik bogʻliqligiga ega. Sport nazariyasi bir-biri bilan bogʻlangan, predmet va xodisalar majmuida, sport sohasiga taalluqli bilimlar tizimi quyidagi asosiy funksiyalarga ega: tavsiflovchi, tartibga tushuruvchi, bashorat qiluvchi olingan natijalarni umumlashtiruvchidir. Bundan tashqari amaliy va metadologik funksiyalar bilan farqlanadi. Sport nazariyasida quyidagi elementar tuzilishlar ajratiladi: 1. Dastlabki emperik asoslari (tajriba yoʻli bilan) - bu sport faoliyati toʻgʻrisida tajriba davomida tanlab olingan, nazariy tushuntirishga muhtoj ma’lumotlardir. 2. Dastlabki nazariy asoslari quyidagi tarkibiy qismlarga ega: - koʻp yillik yoki kelajakdagi faoliyat natijalarini onglab etishi va amaliy qayta tuzilishida aniq haqiqatni yorituvchi birlashgan shakli tushuniladi, bu esa onglab etgan maqsadni oʻz ichiga oladi. - asosiy tamoyillari dastlabki holatda, kerakli qonuniyatlarni bildiradigan nazariya kutadigan ma’lumotlardir. 3. Dastlabki logik asoslari - sport nazariyasida shunday tushuncha borki, u xodisa va predmetlar xususiyat-larini, faqat ilmiy holda emas balki, ilmiy bilimgacha boʻlgan bilimni ham koʻrsatadi. 4. Oʻzining nazariy qismi - bajarilgan mashqlardan yigʻilgan samaradorligini qoldiq oqibatini, tushuntirish va tasdiqlashni oʻz ichiga oladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling