Yengil atletika, suzish, sport gimnastikasi, akademik eshkak eshish, boks va
boshqalar medallar miqdori koʻp boʻlgan sport turlariga kiradi. Lekin shu paytning
oʻzida olimpiya bellashuvlarida
futbolchilar bitta oltin, bitta kumush va bitta
bronza medali uchun kurash olib boradilar.
Sport turlarini musobaqa natijalarini belgilash usuli boʻyicha ham
tasniflash mumkin.
1-guruh - metr oʻlchov natijalariga koʻra sport turlari: yengil atletika, ogʻir
atletika, velosport, togʻ changʻisi, changʻi, ot sportlari va boshqalar.
2-guruh
-
oʻzining
aniqligi, goʻzalligi, mazmundorligi, harakat
amplitudasiga koʻra natijasi ball bilan baholangan
sport turlari - gimnastika,
akrobatika, figurali uchish va boshqalar.
3-guruh - yakkakurash va sport oʻyinlari turlari. Sport turlariga koʻra va
guruh oʻz navbatida guruhlarga boʻlinadi:
- musobaqa faoliyati vaqti cheklangan turlari (futbol, xokkey, basketbol, qoʻl
toʻpi va boshqalar);
- pirovard natija cheklangan turlar (voleybol, tennis, stol tennisi va
boshqalar);
- cheklangan vaqt tugaguncha gʻalabaga erishish mumkin boʻlgan turlar
(boks - nokaut, kurash - sof gʻalaba).
4-guruh - koʻp qirrali xarakterdagi sport turlari (yengil atletika koʻpkurashi,
zamonaviy beshkurash, biatlon, changʻi, ikki kurash va boshqalar).
Sport mashqlarini guruhlash tarzining koʻp
qirraliligi hal etilayotgan
masalalar xarakteriga koʻra u yoki bu tafsilot turidan foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: