Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

 
Adabiyotlar roʻyxati 
 
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni 
2015 yil 4-sentyabr (OʻRQ-394 son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasida jismoniy 
tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida” Farmoni 2020 yil 25 yanvar (PF-5924-son). 
3. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA-
PRESS. T. 2014 yil. 297 b. 
4. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C. 
2004 г. 464 c. 
5. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. 
Москва. – 1991 г. 200 с. 
6. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. 
Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с. 
7. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. 
Darslik. T.,- 2005 y. 300 b. 


12-Ma’ruza 
Mavzu: Sportchilarni tayyorlash tizimining tavsifi 
 
Reja 
 
1. Sportchilarni tayyorlash tizimida moddiy-texnik ta’minot. 
2. Sportchilarni tayyorlash tizimida tibbiy ta’minot. 
3. Sportchilarni tayyorlash tizimida ilmiy-metodik ta’minot. 
Kalit soʻzlar: Sportchilarni tayyorlash tizimi, moddiy-texnik ta’minot, tibbiy 
ta’minot, ilmiy-metodik ta’minot. 
Mamalakatimiz sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday 
xususiyatlarni koʻramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir 
koʻrsatadilar va murabbiy bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va 
topshiriqlarni qoʻyadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, oʻz navbatida, mashq 
jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur 
etadi: 
-bugungi sportchilar erishgan yuksak koʻrsatkichlar darajasini yanada 
yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini
shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qoʻllanilib kelayotgan 
bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi. 
Eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora 
oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu 
hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va 
ustuvorligiga, ularning ustma-ust boʻlib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda 
axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka boʻlgan talabni benihoya oshiradi. 
Yuqori malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgar-likning shu qadar 
yuksak choʻqqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa koʻtarilish eng ogʻir va 
eng murakkab vazifa boʻlib qoldi, shunga koʻra, maxsus jismoniy tayyorgarlik 


samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq 
jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur boʻlib qoldi. 
Mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, ogʻirlashib ketdiki, uni 
yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish 
masalasi koʻndalang qilib qoʻyildi. Shu bilan birga, mashgʻulot samaradorligini 
oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda boʻlish zarurati 
tugʻildi. Shunga koʻra birinchidan, turlicha imtiyozli yoʻnalishlarda boʻlgan 
yuklamalar oʻrtasidagi eng koʻp foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni 
tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday 
mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi 
oʻrtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi 
moslanish imkoniyatlarini toʻla amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni 
koʻzda tutadi. 
Mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori 
malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni 
ta’minlovchi funksional uslublarga toʻla qonli ta’sir koʻrsatish va bunday 
uslublarni oʻta yuksak faoliyat darajasiga koʻtarish bilan bevosita bogʻliqdirki, 
endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab etkazishning oʻta murakkab 
muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sogʻlom aql va hissiyotga 
suyangan holda hal qilib boʻlmaydi. 
1-jadval 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling