Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


-guruh - asosan tezkorlik - kuch sifatlarini namoyon etishni talab etuvchi  sport turlari sakrash, uloqtirish, ogʻir atletika;  3-guruh


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

2-guruh - asosan tezkorlik - kuch sifatlarini namoyon etishni talab etuvchi 
sport turlari sakrash, uloqtirish, ogʻir atletika; 
3-guruh - asosan harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq sport turlari - 
sport va badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, batut, figurali uchish va 
boshqalar; 
4-guruh - yakkakurash boks, kurash (barcha turlari), qilichbozlik va 
boshqalar; 
5-guruh - sport oʻyinlari futbol, xokkey, basketbol, voleybol, suv polasi va 
boshqalar. 
6-guruh - koʻpkurash changʻi ikki kurashi, yengil atletika koʻpkurashi, 
zamonaviy beshkurash va boshqalar. 
Olimpiya sport turlari tasnifi 
Sport oʻyinlari (musobaqa mashqlari) boshqacha qilib aytganda 
oʻynalayotgan medallar miqdoriga (oltin, kumush, bronza) qarab tasniflanadigan 
sport turlari ham mavjud. 


Yengil atletika, suzish, sport gimnastikasi, akademik eshkak eshish, boks va 
boshqalar medallar miqdori koʻp boʻlgan sport turlariga kiradi. Lekin shu paytning 
oʻzida olimpiya bellashuvlarida futbolchilar bitta oltin, bitta kumush va bitta 
bronza medali uchun kurash olib boradilar. 
Sport turlarini musobaqa natijalarini belgilash usuli boʻyicha ham 
tasniflash mumkin. 
1-guruh - metr oʻlchov natijalariga koʻra sport turlari: yengil atletika, ogʻir 
atletika, velosport, togʻ changʻisi, changʻi, ot sportlari va boshqalar. 
2-guruh 

oʻzining aniqligi, goʻzalligi, mazmundorligi, harakat 
amplitudasiga koʻra natijasi ball bilan baholangan sport turlari - gimnastika
akrobatika, figurali uchish va boshqalar. 
3-guruh - yakkakurash va sport oʻyinlari turlari. Sport turlariga koʻra va 
guruh oʻz navbatida guruhlarga boʻlinadi: 
- musobaqa faoliyati vaqti cheklangan turlari (futbol, xokkey, basketbol, qoʻl 
toʻpi va boshqalar); 
- pirovard natija cheklangan turlar (voleybol, tennis, stol tennisi va 
boshqalar); 
- cheklangan vaqt tugaguncha gʻalabaga erishish mumkin boʻlgan turlar 
(boks - nokaut, kurash - sof gʻalaba). 
4-guruh - koʻp qirrali xarakterdagi sport turlari (yengil atletika koʻpkurashi, 
zamonaviy beshkurash, biatlon, changʻi, ikki kurash va boshqalar). 
Sport mashqlarini guruhlash tarzining koʻp qirraliligi hal etilayotgan 
masalalar xarakteriga koʻra u yoki bu tafsilot turidan foydalanish imkonini beradi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling