Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar,
uslublar, shakllar va shu
muhitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash,
shuningdek, sportchini tayyorlashni amaliy faoliyatidir.
Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi boʻlib,
bir guruh
mutaxassislarni ijobiy izlanishga asoslanadi.
Sport mashgʻulotlari - bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport
mashgʻulotlari maxsus jarayonni oʻz ichiga olib, aniq tanlangan sport turi boʻyicha,
sportchini yuqori koʻrsatkichlarga
erishishida, jismoniy mashqlar orqali
organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni
takomillashtirish
uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
-sport mashgʻulotlari pedagogik hodisa boʻlib, u sportda yuksak natijalarga
erishish uchun bevosita yoʻnaltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.
Sport mashgʻulotlari atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi
ham qoʻllaniladi.
Sportchini tayyorlash - kengroq tushuncha boʻlib,
u sportda yuksak
koʻrsatkichlarga erishishga tayyor boʻlishi va uni amalga oshira borishni
ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Mashq bilan chiniqqanlik- mashgʻulot vositasida organizmning muayyan bir
ishga moslashganlik darajasidir.
Tayyorgarlik darajasi atamasi tayyorgarlikning qaysi darajada ekanligini
koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: