Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Nazariya - deganda, asosan, u yoki bu sohadagi tajribalarni 
umumlashtiruvchi, tabiat qonunlarini, obyektiv ravishda koʻrsatishi asosiy 
bilimlarni inson ongida namoyon boʻlishi tushuniladi. 
Nazariya - ilmiy bilimning oliy shakli boʻlib, tamoyillar va qonunlar, 
tushuncha va funksiyalari, uslubiyati va qoidalarini, umumlashtirish va tahlil 
qilishda, ma’lum sohadagi bilimlarni bir butunligicha tushunchaga keltiradi. Sport 
nazariyasini haqiqiyligi sport faoliyati amaliyotda aniqlanadi, yoki nazariya bilan 
amaliyot bir-biri bilan mustahkam bogʻlangandir. 
Sport nazariyasini obyektiv holati inson faoliyati sohasini ijtimoiy hodisasi 
sifatida, musobaqalarni oʻtkazish va tashkil qilish tizimini, musobaqalarda yuqori 
sport natijalari va gʻalabaga erishish, shu bilan sogʻligini mustahkamlash va 
insonni 
umumiy 
jismoniy 
rivojlantirish 
maqsadida 
oʻquv-trenirovka 
mashgʻulotlarini oʻtkazish hisoblanadi. 
Sport nazariyasini maqsadi - fan sifatida anglab etish, tavsif, tushuntirish va 
obyektiv qonunlarni bashorat qilish, sport faoliyati jarayonlarini va koʻrinishlarini, 
predmet tuzilishini oʻrganadigan va ijtimoiy holatlarni oʻz ichiga olishi
tashkillashtirilishi, metodik, biologik va sport bilan bogʻliqligini hisobga olishdan 
iboratdir. 
Sport nazariyasi ni koʻp funksionalli jamiyat hodisasi sifatida, jismoniy 
madaniyat instituti va jismoniy tarbiya fakultetlariga moʻljallangan oʻquv 
dasturidagi hajmi boʻyicha sportchini tayyorlash tizimidagi sportni har xil sohalari 
boʻyicha oʻquv predmetidir. 
Sport nazariyasi gepotezo-deduktiv yoki induktiv-deduktiv nazariya turiga 
kirib, bu ma’lum tizim va emperik (amaliy tajriba) holatini logik bogʻliqligiga ega. 
Sport nazariyasi bir-biri bilan bogʻlangan, predmet va xodisalar majmuida, 
sport sohasiga taalluqli bilimlar tizimi quyidagi asosiy funksiyalarga ega: 
tavsiflovchi, tartibga tushuruvchi, bashorat qiluvchi olingan natijalarni 
umumlashtiruvchidir. Bundan tashqari amaliy va metadologik funksiyalar bilan 
farqlanadi. 


Sport nazariyasida quyidagi elementar tuzilishlar ajratiladi: 
1. Dastlabki emperik asoslari (tajriba yoʻli bilan) - bu sport faoliyati 
toʻgʻrisida tajriba davomida tanlab olingan, nazariy tushuntirishga muhtoj 
ma’lumotlardir. 
2. Dastlabki nazariy asoslari quyidagi tarkibiy qismlarga ega: 
- koʻp yillik yoki kelajakdagi faoliyat natijalarini onglab etishi va amaliy 
qayta tuzilishida aniq haqiqatni yorituvchi birlashgan shakli tushuniladi, bu esa 
onglab etgan maqsadni oʻz ichiga oladi. 
- asosiy tamoyillari dastlabki holatda, kerakli qonuniyatlarni bildiradigan 
nazariya kutadigan ma’lumotlardir. 
3. Dastlabki logik asoslari - sport nazariyasida shunday tushuncha borki, u 
xodisa va predmetlar xususiyat-larini, faqat ilmiy holda emas balki, ilmiy 
bilimgacha boʻlgan bilimni ham koʻrsatadi. 
4. Oʻzining nazariy qismi - bajarilgan mashqlardan yigʻilgan samaradorligini 
qoldiq oqibatini, tushuntirish va tasdiqlashni oʻz ichiga oladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling