Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Shunday qilib sport nazariyasi - bu sportni ahamiyati toʻgʻrisida tushuncha 
beriladigan, qonuniyatlari va asosiy atamalariga jamiyatda amal qilish, uning 
mazmuni va shakllari boʻyicha optimal ravishda sport tayyorgarligi va musobaqa 
faoliyatini birlashtiradigan bir butun tizimidir. 
Sport turlarining tasnifi. 
Bugungi zamonaviy sportning juda koʻp mustaqil turlari paydo boʻldiki, 
ularning har qaysisi oʻzining musobaqa shakli, maxsus harakat tarkibi, bellashuv 
qoidalari va musobaqa faoliyatiga baho berish usuli bilan boshqa sport turlaridan 
ajralib turadi. 
Matveyev L.P. (1977) sport turlarini harakat faoliyatiga qarab 5 guruhga 
boʻlgan: 
Birinchi guruh - sportning bu turi jismoniy sifatlarni chegaragacha talab 
qiladigan sport turlari boʻlib, sportchini oʻz shaxsiy imkoniyatiga qarab muvaf-
faqiyat qozonishi mumkin (boks, gimnastika, kurash, sport oʻyinlari, yengil atletika 
va boshqalar); 


Ikkinchi guruh - yuruvchi texnik vositalarni boshqarish bilan bogʻliq 
boʻlgan sport turlari (motosikl, avtomobil, tayyora, yaxta va boshqalar); bunday 
turda sport natijasi oʻzi yuruvchi texnik vositalariga, ham ularni boshqarish 
qobiliyatiga bogʻliq boʻladi; 
Uchunchi guruh - maxsus qurollar (miltiq, kamon va boshqalar) dan qat’iy 
cheklangan shart bilan nishonga tekkizuvchi sport turlari; 
Toʻrtinchi guruh - model - konstruktorlik faoliyatini oʻzaro taqqoslash 
turlari (aviamodel, avtomodel va shu kabilardagi faoliyatlar); 
Beshinchi guruh - sportning abstrakt - mantiqiy yoʻl bilan gʻalaba qozonish 
turi (shaxmat, damka); 
Yozgi va qishki olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boshqa 
hislatlarga koʻra guruhlarga birlashtiriladi. 
1-guruh - davriy xarakterdagi harakat faoliyati bilan bogʻliq sport turlari 
suzish, eshkak eshish, yengil atletika, velosport va boshqalar; 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling