Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Yillik siklda yuqori tasnifli sportchilarni rasmiy musobaqa va startlarga


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/77
Sana12.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1768771
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Bog'liq
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re

Yillik siklda yuqori tasnifli sportchilarni rasmiy musobaqa va startlarga 
chiqish va mashgʻulot kunlarida erishilgan hajmi 
Sport 
turlari 
Musobaqa 
kunlarini 
Startlar 
soni 
Sport 
turlari 
Musobaqa 
kunlarini 
soni 
Startlar 
soni 
Gimnastika 
25-30 
210-250 
futbol 
70-85 
70-85 
Suvga 
sakrash 
25-35 
275-360 
Stol tennisi 
75-80 
380-420 
Qilichbozlik 
30-40 
415-480 
Suv polosi 
60-65 
60-65 
Oʻquv yigʻinlarini tashkil qilish va oʻtkazish uslubi ham musobaqalar 
darajasi (rangi)ga bogʻliq: bunday yigʻinlarda bajariladigan har bitta ish nihoyatda 
puxta oʻylanishi kerak. Masalan: sportchilarni yigʻin oʻtkaziladigan joyga olib 
borish; mashgʻulot kunlarning puxta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish 
tartibi, mashq oʻtkaziladigan joylar va hokazo ishlar. Bulardan tashqari, tarbiyaviy 
ishlar, tibbiy hizmat, ilmiy-metodik ta’minot amalga oshiriladi. Yigʻinlar turlicha 
yoʻnalishda boʻlishi mumkin: oʻquv-mashq yigʻini, kuch yigʻish yigʻini, nazorat-
tayyorgarlik yigʻini, musobaqa yigʻini va hokazo. Shuni ham aytib oʻtish joizki, 
yigʻin boʻladigan joylarda sportchi uchun yaxshi sharoit yaratish lozim. 


Oʻquv-yigʻinlarini uyushtiruvchilar boshqa tashkilotlar bilan yaxshi aloqa 
oʻrnatgan boʻlishlari zarur. 
Sport haqida ma’lumotlar yigʻish va ularni tahlil qilish yoʻli bilan, nafaqat 
sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham koʻz oldimizga 
keltirishimiz mumkin. Bu oʻrinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari 
mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar 
ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashgʻulotlarga 
funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal 
qiladilar. 
Terma jamoalarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma erda 
muntazam ravishda yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash 
ishlarini olib borish kerak. Hozirgi kunda terma jamoalar uchun oliy toifadagi 
murabbiylarning malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport 
hakamlaridan nainki, hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional 
tayyorgarlik ham talab qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik 
konferentsiyalar oʻtkaziladi, oliy darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yoʻli bilan 
murabbiylar tajriba almashadilar va vaqti - vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib 
turiladi. 
Oʻquv yigʻinlari va musobaqalar paytida sportchilarning boʻsh vaqti va dam 
olishini toʻgʻri tashkil qilish va samarali oʻtkazish zarur. Terma jamoalarda 
gʻoyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, jamoa a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib 
boriladi. 
Sportchilarning gʻoyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar, 
siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bagʻishlangan kechalar va shu 
singari tadbirlar kiradi. Inqilob ishtirokchilari, fuqarolar urushi va mehnat 
qaxramonlari, sport faxriylari bilan boʻladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta 
oʻylab uyushtirish kerak boʻladi. 
Yigʻin mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport 
zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash


kelgan qurilish materiallarini mashina va vagonlardan tushirish, zallarni, sport 
anjomlarni ta’mirlash, oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar). 
4-jadval 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling