“sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va


Download 66 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi66 Kb.
#1283156
  1   2   3   4
Bog'liq
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va atrof-muhitni oz


SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA QILISH VA
ATROF-MUHITNI OZODA SAQLASH” NOMLI TARBIYAVIY SOAT MASHG`ULOTLARINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN

METODIK TAVSIYA
KIRISH SO`ZI

Inson hayoti u yashab kelayotgan ona zamin bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki u yashil o`simliklar ishlab chiqaradigan kislorod bilan nafas oladi, shu zaminda yetishgan noz-ne`matlarni iste`mol qiladi hamda ona zamin bag`ridan qazib olinadigan neft, ko`mir, gaz hamda turli ma`danlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanadi. Zaminimizda insonning mehnat va ijod qilishi, baxtli hayot kechirishi uchun hamma narsa mavjud.


Buyuk alloma Ibn Sinoning “Men qoldirib ketayotgan zo`r tabiblardan biri - tozalik, ikkinchisi - parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari mijoz bilan kayfiyatdir” deb inson salomatligining asosiy omillarini ko`rsatib bergan bo`lsa, A.Avloniy esa “Bolalar salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq – tanini pok tutmak, yaxshi xulqlarni o`rgatmak, yomon xulqlardan asrab o`sdurmakdur” deb nasihat qilgan edilar.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish va sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
So`nggi yillarda aholi soni ortishi bilan hududlarning tozaligini saqlashda qator muammolar kelib chiqayotganligi, aholi tomonidan ko`p qavatli uy-joy atrofiga turli chiqindilar tashlab ketilayotganligi, bo`sh yotgan yer maydonlari, ariq va zovurlarning ifloslantirilayotganligi, bu esa o`z navbatida ekologiyaga va insonlar salomatligiga o`zining salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi kuzatilmoqda.
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va sanitariya-epidemiologik muhitini yaxshilash, atrof-muhitning zararlanishini oldini olish va o`quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish har bir o`quvchining burchi hisoblanadi.
“Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda).
O`quvchi-yoshlarga sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ularda atrof-muhitni asrab-avaylash, ozoda saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Salomatlik darslari” va “Sog`lom avlod asoslari” kurslari o`qituvchilar tomonidan umumiy o`rta ta`lim maktablarining
1-4-sinflarida “Odobnoma”, “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik”, “Jismoniy tarbiya”, “O`qish” va 5-9-sinflarda “Biologiya”, “Mehnat ta`limi”, “Jismoniy tarbiya” fanlarida intеgratsiyalashgan holda o`tilmoqda. Shuningdek, 8-sinflarda “Sog`lom avlod asoslari” kursi maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o`qitilishi belgilangan.
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130-sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.
Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha 1-9 sinf rahbarlari uchun namunaviy ish rejalar va dars mashg`ulotlari ishlanmalari ishlab chiqildi hamda Respublika ta`lim markazi huzuridagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar” yo`nalishi bo`yicha Ilmiy metodik kengashning 2013 yil 2 avgustdagi 5-sonli yig`ilish bayoni bilan foydalanishga tavsiya etildi.

“Sanitariya-gigiуena qoidalariga rioya qilish va atrof-muhitni ozoda saqlash” mavzuidagi tarbiyaviy soat mashg`ulotini 1-9 sinf rahbarlari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarining quyidagi sinflar kesimida berilgan mavzulariga bog`lab о`tish tavsiya etiladi:




1-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi “Sog` tanda sog`lom aql”, “Sog` yuray desang, ozoda bo`l”, “Men tabiatni qanday asrashim mumkin?” mavzular;
Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Tozalik - salomatlik garovi. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Ozoda va toza yurish haqida. Nima uchun dastro`mol ishlatish kerak?. Ozodalik – bu bizning qo`llarimiz. Har kuni yuvinishni odat qil. Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson salomatligiga ijobiy ta`siri. O`z salomatliging haqida o`zing qayg`ur. Ovqatlanish gigiyenasi. Atrof-muhitni muhofaza qilish. Toza havo - tanga davo. Suv – obi hayot. Tabiatning ozodaligi. Chiqindini qaerga tashlaymiz. Chang qaerdan paydo bo`ladi? Maktabda suvdan foydalinish tartibi. Zararli odatlar.



Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling