Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik haqida ma’lumot bering ?
2. Gigienik gimnastika haqida ma’lumot bering ?
3. Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi haqida ma’lumot
bering?
4. Jismoniy tarbiya pauzasi haqida ma’lumot bering?
5. Birinchi guruh kasblar haqida ma’lumot bering?
6. Ikkinchi guruh kasblar haqida ma’lumot bering?
7. Uchinchi guruh kasblar haqida ma’lumot bering?
8. Toʻrtinchi guruh kasblar haqida ma’lumot bering?
Adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni
2015 yil 4-sentyabr (OʻRQ-394 son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasida jismoniy
tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” Farmoni 2020 yil 25 yanvar (PF-5924-son).
3. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA-
PRESS. T. 2014 yil. 297 b.
4. Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культури”. Учебник / C.C.
2004 г. 464 c.
5. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник.
Москва. – 1991 г. 200 с.
6. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта.
Учебное пособие. Т., 2020 г. 416 с.
7. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati.
Darslik. T.,- 2005 y. 300 b.
11-Ma’ruza
Mavzu: Sport ijtimoiy xodisalar tizimida. Sportning nazariy asoslari va sport
turlarining tasnifi
Reja:
1. Sport nazariyasining asosiy atamalariga tavsif.
2. Sport ijtimoiy hodisa sifatida.
3. Sport nazariyasi fani toʻgʻrisida.
4. Sport turlarining tasnifi.
5. Sportning funksiyalariga tavsif.
Kalit soʻzlar: Sport nazariyasining asosiy atamalari, sport ijtimoiy hodisa
sifatida, sport nazariyasi fani, sport turlarining tavsifi, sportning funksiyalari.
Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining
bir qismi boʻlib, yangidan ajralib chiqqan fandir.
Sport nazariyasi fani sport mashgʻulotlari bilan
maxsus tashkil qilingan
jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati hamda unga ta’sir
qiladigan umumiy qonuniyatlarni oʻrganadi.
Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport
musobaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi
tizimi,
sport maktabi, sport mashgʻulotlari tizimi, sport koʻrsatkichlari, sport
natijalari. Shu atamalar mazmuni va
hajmini aniqlab olmasdan turib, sport
nazariyasi oʻrganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab boʻlmaydi.
Sport - qisqa ma’noda shaxsiy
musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda
shaxsiy musobaqa faoliyati, shu faoliyat asosidan
kelib chiqadigan maxsus
tayyorgarlik hamda uning me’yor va yutuqlari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: