Farg‘ona vilоyati yoshlar siyosati va sport bоshqarmasi tasarrufidagi dang‘ara tumani sport maktabi direktorining buyrug‘I


Download 40.25 Kb.
Sana30.09.2023
Hajmi40.25 Kb.
#1690259
Bog'liq
Контенгент буйрук




FARG‘ONA VILОYATI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT BОSHQARMASI TASARRUFIDAGI
DANG‘ARA TUMANI SPORT MAKTABI DIREKTORINING
BUYRUG‘I

2023 yil 4-sentabr

29-sonli

Dang‘ara shaharchasi



Yangi 2023-2024 o‘quv yiliga sport o‘quv guruhlarini to‘ldirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining 2022-yiI 25-avgustdagi 771-A/F-sonli buyrug‘i va sport maktabi trenerlar kengashi yig‘ilishining 2023 yil 4-sentyabrdagi 1-sonli bayoni qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining 2022-yiI 25-avgustdagi 771-A/F-sonli buyrug‘i hamda sport maktabi trenerlar kengashi yig‘ilishining 2023 yil 4-sentyabrdagi 1-son yig‘ilish qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quydagilar:
-yangi 2023/2024 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan, sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha sport o‘quv guruhlarini va ulardagi sportchilar kontingentini sport turlari bo‘yicha trenerlar hisobotlari va belgilangan normativ hujjatlar asosida shakllantirish mazkur buyruqning 1-ilovaga.
-o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtira olmaganligi, talab etilgan sport toifalariga ega emasligi sababli, trenerlarning bildirishnomalari hamda sportmaktabi trenerlar kengashining qarori bilan sport tayyorgarligining aynan shu bosqichida o‘qishni davom ettiradigan sportchilar 2-ilovaga
-sportchilarni sport maktabi sportchilar kontingenti safidan chiqarish 3-ilovaga
-2023/2024 o‘quv yili boshlanishi bilan munosabati yngi o‘uvchilarni qabul qilish 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (B. Xudoyberdiyev)ga:
-sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha sport o‘quv guruhlarining o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvalini tuzish va tasdiqlatish;
-trenerlarning sport o‘quv guruhlari jurnallaridagi yillik o‘quv-rejalarni tasdiqlatish ishlarini amalga oshirish;
-trenerlarning haftalik yuklamalariga asosan yangi 2023/2024 o‘quv yilidan sport maktabi mutaxassislari va trenerlar tarifikatsiya jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish vazifalari yuklansin.
4. Direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va selektsiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (I. Obidov), instruktor-metodist va (L. O‘rinov) ga:
-tasdiqlangan o‘rganish jadvaliga asosan, biriktirilgan sport turlari bo‘yicha trenerlar o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini doimiy tahlilini yuritish, o‘quv-mashg‘ulotlarni ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash;
-o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayoni va ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan trenerlar muhokamasini navbatdagi pedagogik kengashining kun tartibiga kiritish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Beshariq tumani 1-son sport maktabi direktori



Download 40.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling