Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 301.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1.JTN va U=2-(IV)-1 (2)
Soʻzdan foydalanish uslubiyati. Bolada jismoniy mashq haqida toʻgʻri
tasavvur hosil qilish uni koʻz oldiga keltirib fikrlashiga yordam beradi. Koʻrgazmalilik va soʻz yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qoʻshib olib borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitishi bilan yoki yozilganlarini koʻrishi, eshitishi bilan mashqlarni qiynalmasdan bajara olish malakasiga ega boʻla boshlaydilar. Bolalar qanchalik harakat malakasi tajribasiga boy boʻlsa, ularga jismoniy mashq oʻrgatishda soʻz bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonroq boʻladi. Soʻzni harakteri oʻrganishni har xil bosqichida turlicha boʻlishi lozim. Oʻrgatishni boshlanishida harakat toʻliq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa koʻrsatma berishlari bilan almashinadi. Koʻrsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni toʻgʻirlash va ogoxlantirish va ularni baholash mumkin. Buyruqlar va koʻrsatmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash, tugallash, uni suroatini aniqlash, ritmini, harakatga yoʻnalish berish uchun qoʻllaniladi. Gimnastikada qabul qilingan eng oddiy buyruqlar, mashq musiqasiz bajarila boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda undan foydalanish mumkin. Koʻrsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda koʻproq foydalaniladi. Koʻpchilik jismoniy mashqlar, ashulalar, sherlar mazmuni aytiladigan voqealar va harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnni oʻqish bilan qoʻshib ijro etiladi. Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga oʻrgatish, oʻsha jismoniy mashq haqida toʻliq boʻlimga, harakatni his qilishga imkoniyatni koʻpaytiradi. Suhbat ham bajariladigan jismoniy mashq haqida koʻproq ma’lumot fikrga ega boʻlish va jismoniy mashqlarni bajarilishi haqida lozim boʻlgan malakalarga manbaa boʻladi. Hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar oʻqish, rasmlar koʻrish, stadionlarga ekskursiyalar va sayrlar qilish orqali ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Download 301.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling