Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 301.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1.JTN va U=2-(IV)-1 (2)
Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (yangi yil, Navroʻz,
Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari)ga bagʻishlab yoki bogʻchadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida oʻtkaziladi. Har xil oʻyinlar, raqslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi senariysiga kiritilishi mumkin. Jismoniy mashqlar bilan individual shugʻullanish mashgʻulotlari shifokor yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Bu mashgʻulotlarda tana tuzilishida nuqsoni borlar yoki surunkali hamda, yurak tomir sistemasida kasali borlar shugʻullanishi uchun qulay imkoniyatlar bor. Uni davom etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga bogʻliq. Mashgʻulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni oʻynaydi. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shugʻullanish mashgʻulotlari bolalarga oʻzlari yaxshi koʻrgan jismoniy mashqlar bilan mashgʻul boʻlish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaharchasi yoki maxsus bolalar maydonchasidek, suzish havzasi, sport jihozlari va anjomlarini tayyorlab qoʻygan. Mashgʻulot paytida tarbiyachi bolalarga rollarni ajratib qoʻyishi lozim boʻlgan samarani beradi. Yasli va bolalar bogʻchasida umumiy ish rejasi tuzilib unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu boʻlimda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi yoritiladi va uni bajarilishi uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil boʻlishi mumkin: suzishni oʻrgatish, velosiped, samoqat, roliklik konpkida yurishni oʻrgatish va boshqalar. Buning uchun oldindan tarbiyachilar oldindan maslahatlashib, basseyn toʻldiriladi yoki yaxmalak otish joyi qilinadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar vahaftalarga boʻlib reja tuzadi va oʻsha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonini borishini boshqaradi. Rejelashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olinishi shart. Yasli va bogʻchada yiliga 3-4 marta jismoniy tayyorgarligini oʻyishini tizimli hisob-kitob ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarini rivojlanishini nazorati yoʻlga qoʻyiladi. Ana oʻshanga asoslanib tarbiyachi maktabga yoʻllancha olgan bola haqida hisobot yozadi. Download 301.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling