Mavzu: Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari Reja


Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari


Download 40.5 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1268614
1   2   3
Bog'liq
Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari

Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Bu davrda 28 – 35 yoshdagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o`zining barcha kuch – quvvati, qobiliyati, aql – zakovati ichki imkoniyatlarining o`z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga jamoa ishlariga to`la safarbar eta oladi. Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g`alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada uning takabburlik, mag’rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo`ladi. Yoshlik davrida yigit – va qizlarning komolotiga uchta muhim psixologik mexanizm ta’sir ko`rsatadi: 1 - Mehnat jamoasi 2 – Oila mikromuhiti 3 – Norasmiy ulafatlar.
Kamolotning birinchi bosqichidagi etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida qatnashish istagi 30 yoshda 18,3%, 35 yoshda 6,2% ni tashkil etadi. V.SHevchuk demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko‘lami torayib boradi. Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namayon bo‘ladi: jismoniy, jinsiy, ruxiy kamoloda ayollar ilgarilab kelgan bo‘lsalar, endi erkaklar oldinga o‘tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Etuklik davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Esarova quyidagi mezonlar bilan o‘lchashni lozim topadi:

  1. e’lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori:

  2. chop qilingan asarlar ichida o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi;

  3. ilmiy tadqiqotda yangi yo‘nalishning ochilishi;

  4. ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;

  5. ilmiy maktabning tashkil qilinishi;

  6. boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqdori;

  7. o‘qituvchining ilmiy ma’lumotlaridan talabaning mustaqil ishlaridan foydalanish ko‘lami:

  8. o‘qituvchi raxbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarning miqdori va sifati;

  9. o‘qituvchining ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyat munosabat bilan taqdirlanish;

  10. dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bo‘lish kabilar.

Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g‘alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada unda takaburlik, mag‘rurlik xislari paydo bo‘ladi, o‘zining boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega bo‘lgan ruxiy xolat ham oila a’zolari, tengqurlari , mexnat jamoasi, a’zolarining ta’siri orqali asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib qoladi. Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan xarakat qiladi, voqelikka turmush ikir-chikirlariga. Tabiat, jamiyat koinot, xodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do‘stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar. Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi.




  1. Download 40.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling