Mavzu: Tug’ma va orttirilgan immunitet


Download 1.26 Mb.
bet1/6
Sana16.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1360732
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tug’ma va orttirilgan immunitet

Mavzu: Tug’ma va orttirilgan immunitet

  • Reja
  • 1.Organizmning nospestifik (o’ziga xos bo’lmagan) va spestifik (o’ziga xos bo’lgan) (immunologik) ximoya omillari xaqida tushuncha.
  • 2.Organizmning ximoyasi va rezistentligining nospestifik omillari.
  • 3.Immunitet turlari
  • 4.Xujayraviy va gumoral spestifik immunitet.

Immunitet turlari
Orttirilgan immunitet
Tug'ma immunitet
3.Immunitet turlari

Tug’ma immunitet (noadaptiv ximoya)

  • Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi

Odamni infeksiyadan ximoya qiluvchi tug’ma immunitetning birinchi fazasiga kiradi :

  • Odamni infeksiyadan ximoya qiluvchi tug’ma immunitetning birinchi fazasiga kiradi :
  • 1.Insonni mikroorganizmlar kirishidan ximoya qiluvchi epitelial yuza ko’rinishidagi mexanik to’siq. Bu to’siqdan utgan bakteriyalar himoyaning keyingi 2 ta chizigiga duch keladi.
  • 2.Komplement. Bakteriyalar plazmadagi komplementni alternativ yo’l bilan faollashtirib, bakteriyalarni nobud qilishi mumkin.
  • 3.Neytrofillar. Makrofaglar. Barcha bakteriyalarga xos bo’lgan, yuzasida retteptor tutuvchi bakteriyalar makrofaglar tomonidan yutiladi (masalan, liposaxaridlarga – SD14). Bakteriyalarni makrofag resteptorlari bilan bog’lanishidan so’ng, makrofaglar tomonidan sitokinlarni sintez qilinishi boshlanadi, bakteriyalar esa makrofaglar tomonidan yutiladi va hazm qilinadi.
  • 4.NK-hujayralar. Virus bilan zararlangan xujayralar NK-limfostitlari tomonidan parchalanadi (tabiiy killerlar).
  • Zararlanishning erta soatlarida komplementni alternativ yo’l bilan faollanishi va mikroorganizmlarni to’qima makrofaglari tomonidan ushlanishi amalga oshiriladi. Keyinchalik esa adaptiv ximoya mexanizmlari ishga tushadi – gumoral va xujayra-bilvosita immun javobi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling