- Orttirilgan immunitet nasldan-naslga oltmaydi. Bunday immunitet, aniq bir kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm turi organizmga tushgandan so‘ng faqat shu turga qarshi hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu immunitet о’a muhim hisoblanadi. Orttirilgan immunitet ham mikrobga, ham uning toksinlariga qarshi vujudga keladi.
Tabiiy immunitet
Sun'iy
immunitet
Antitoksik
immunitet
Antivirus
immunitet
Antimikrob immunitet
Tabiiy immunitet quyidagi turlarga bo’linadi
Tabiiy immunitet
Tabiiy faol immunitet
Tabiiy passiv immunitet
- Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi).
Tabiiy passiv immunitet - Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi
Sun'iy immunitet quyidagi turlarga bo’linadi
Sun'iy immunitet
Sun'iy faol immunitet
Sun'iy passiv immunitet
Sun'iy faol immunitet - Sun'iy faol immunitet odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgaridan so'ng hosil bo'ladi. Masalan, ko'kyo'tal, bo'g'ma,chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi.Qo’zg’atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmiar va ular ishiab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3-4 hafta ichida hosil bo'ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |