Mavzu: Ilmiy ishni rasmiylashtirish Bajardi: Nortojiyeva Ma'mura Ilmiy rahbar: Amanullayeva Kamola


Download 126.27 Kb.
bet4/21
Sana05.01.2022
Hajmi126.27 Kb.
#216777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ilmiy ishni rasmiylashtirish

Axborotni izlash va o‘rganish


Fanda ilmiy axborotni hosil qlish va iste’molchilarga uzatish ishlarini axborot texnologiyasi tizimlari bajaradi. Axborotni qog‘ozli va qog‘ozsiz vositalarda saqlash va uzatish tizimlari mavjud.

Hozirgi vaqtda qog‘ozsiz texnologiyalar (kompyuter, internet, megafon, fleshka va boshqalar) axborotni ishlab chiqarish, izlash va uzatishda ustuvor texnologik tizimga aylanmoqda.

Axborotni geometrik progressifda ko‘payib borayotgan, shu bois, axborotni joylashtirish, saqlash va izlash texnologiyalarini taraqqiy etishi sharoitida axborot bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish aqliy mehnat sohiblari uchun muhim ahamiyatni kasb etmoqda.

Birlamchi hujjatli axborot manblari:

Kitoblar, monografiyalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar.

Davriy matbuot nashrlar – jurnallar, byulletenlar, ilmiy to‘plamlar.

Ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlar haqidagi hisobotlar.

Me’yoriy hujjatlar, standartlar, texnikaviy yo‘riqnomalar, jadvallar.

Ixtisoslashgan ilmiy-texnik katalog va preyskurantlar.

Patent hujjatlari.

Informatsiyaviy nashrlar, ekspress-axborot.

Xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, asl nusxalar va tarjimalar.

Ilmiy anjuman materiallari.

Ikkilamchi axborot manbalari.

Qomusiy va ixtisoslashgan lug‘atlar.

Dissertatsiya avtoreferatlari.

Tahliliy va umumlashtiruvchi referativ to‘plamlar.

Bibliografik kataloglar.

Axborotni izlashni bibliografik manbalarni tanlashdan boshlash kerak. Odatda bunday ishni tadqiqotning konkret vazifasiga mos kelishini, hamda, izlanish rejasini hisobga olgan holda, tizimli ravishda amalga oshiradilar. Tizimsiz, noizchil izlanish har doim ko‘p vaqtni oladi.

Adabiyotni izlash qanday tartibda - xronologik yondashuv asosidami yoki boshida  hozirgi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan adabiyotlarni ko‘rib chiqib, keyin oldinroq chop etilgan materiallarni tahlil zaruriyati mavjudligiga bog‘liq.

Axborot manbalari, turli katalog va bibliografik ko‘rsatkichlarni bilish ish rejasiga, konkret maqsadga to‘g‘ri keladigan adabiyotlarni izlash, ular bilan ishlash sxemasini tuzib chiqishni osonlashtiradi.


Download 126.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling