Mavzu: Ilmiy ishni rasmiylashtirish Bajardi: Nortojiyeva Ma'mura Ilmiy rahbar: Amanullayeva Kamola
Download 126.27 Kb.
|
Ilmiy ishni rasmiylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning tuzilishi.
Kurs ishning maqsadi. Ilmiy ishni rasmiylashtirish, uning tartibini o`rganish.
Kurs ishning obyеkti. Dissertatsiya, ilmiy tadqiqot ishlari, eksperimentlar. Kurs ishning prеdmеti. Ilmiy ishning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari, undagi jarayonlar. Kurs ishning vazifalari: Ilmiy ishning mohiyatini tushunish; Ilmiy ishning tarkibini o`rganish; Ilmiy ish turlarini o`rganish va tahlil etish; Rasmiylashtirish jarayonini o`rganish.
Kurs ishi kirish, uch reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ilmiy ish rasmiylashtirish tizimi Ilmiy tadqiqot ishi ma’lum tizimli tartibda amalga oshiriladi. Bu tartib qo‘yilgan maqsad va ish rejasini tuzishdan olingan natijalarni rasmiylashtirishgacha o‘tgan vaqtda sodir bo‘ladigan faoliyat bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Dastlab ilmiy muammoni ko‘rib chiqish jarayonida tadqiqot mavzusi belgilanadi. Mavzuga oid masalalar ajratib olinadi, o‘rganish lozim bo‘lgan manbalar aniqlanadi. Ilmiy tadqiqot boshlang‘ich bosqichini muhim qismi mavzuni nazariy, ilmiy va ijtimoiy ahamiyatini ko‘rsatish, asoslab berish tashkil qiladi. Tadqiqotni dolzarbligi, yangiligi va ahamiyatini asoslash ma’lum strukturaga ega. Bunda mavzu predmetini tadqiq qilish sabablari ko‘rsatiladi, ishlanganlik darajasi va oldingi tadqiqotchilar tomonidan erishilgan natijalar, adabiyot va manbalar aniqlanadi. Yechilmagan masalalar va muammolarga, ularning asoslanganligi, adabiyotlar tahliliga alohida e’tibor beriladi.1 Shundan keyin tadqiqot maqsadi va vazifalar batafsil belgilanadi. Bunda manbalar bibliografiyasi, ularning annotatsiyasi tuziladi. Shu bilan birga muammoni ishlanganlik darajasini qiyoslab ko‘rsatadigan referet yozish maqsadga muvofiqdir. Bular asosiy nazariy tadqiqot olib borishga yordam beradigan boshlang‘ich ishlardir. Boshlang‘ich tadqiqot ishi tarkibiga izlanish faoliyati rejasini tuzish kiradi. Ishni rejalashtirish mohiyati shundan iboratki, izlanuvchi tadqiqot oldiga qo‘yilgan bosh maqsadni bir qator strukturaviy vazifa va tadbirlar sxemasini tuzish orqali konkretlashtiradi. Tadqiqot maqsadini amalga oshirish rejasini tuzishda 2 ta ro‘yxatga ega bo‘lish kerak: 1. Quyilgan vazifalarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan barcha ishlar, tadbirlar ro‘yxati; 2. Bajariladigan barcha ishlarni bir-biri bilan bog‘laydigan aloqalar, ularni ketma-ketligini ifodalaydigan kalendar muddatlari ro‘yxati. Mazkur ro‘yxatlarga asoslangan holda tuzilgan reja samarali faoliyat dasturi sifatida xizmat qiladi. Shuni aytish kerakki, ilmiy tadqiqot bosqichlarini konkret soni izlanish turi va harakteriga qarab o‘zgarishi, farqlanishi mumkin. Biz ilmiy tadqiqot ishlari bosqichlarini standart modelini keltiramiz. 1. Tanlangan tadqiqot mavzusini asoslash, masalalarni belgilash. Tadqiqotga doir adabiyotlar va manbalar bilan tanishish, mavzu dolzarbligi va yangiligini asoslash. Ilmiy tadqiqotni kalendar rejasini tuzish, mavzu bo‘yicha kutilayotgan natija, uning samaradorligini belgilash. 2. Empirik tadqiqotlarni bajarish, faktlar va ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganish, kerakli vositalar va asbob-uskunalarni tayyorlash, ob’ektni o‘rganish usullarini belgilash. 3. Tajribaviy tadqiqotlarni amalga oshirish, eksperimentni o‘tkazish, materiallarni yig‘ish va tasniflash. 4. Tadqiqot ob’ekti xossalarini ifodalayligan modellarni ishlab chiqish, olingan natijalarni matematik, kompyuterli va tahliliy qayta ishlashni amalga oshirish. 5. Olingan ma’lumotlar va faktlar asosida ob’ektning asosiy xossalarini nazariy talqinini berish, yangi ochilgan xossalar, doimiyliklar, funksional qiymatlarni tushuntirish, ob’ektni bir butun tavsifi va nazariyasini ishlab chiqish. Bu bosqich fanda ixtiro yoki kashfiyot bilan yakunlanadi. 6. Tadqiqotga yakun yasash, olingan natijalarni rasmiylashtirish. Tadqiqotni batafsil tavsiflaydigan ilmiy hisobotni yozish, taqrizdan o‘tkazish. Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qilish yo‘llari va shakllarini belgilash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy samaradorligini baholash. Shu ishlar bajarilgandan keyin yutuq va natijalarni e’lon qilish maqsadida maqolalar, risolalar va monografiyalar yoziladi, ilmiy nashrlarda chop etiladi.2 Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlarini tavsiflash shuni ko‘rsatadiki, fan sohasidagi mehnat murakkab struktura va jarayonlar ketma-ketligini bildiradigan faoliyatatdir. Bularni barchasi asosiy maqsadga – amaliyotga tadbiq qilishga, texnika va texnologiyalar ishlab chiqishga zamin bo‘ladigan yangi tushunchalar, g‘oyalar va nazariyalarni ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni yaratishga bo‘ysundirilgan. Ob’ektni kuzatishdan olingan birlamchi mushohadali axborot matnda qayd qilingandan keyin ikkilamchi yozilgan axborotga aylanadi. Keyinchalik bu axborot tahlil qilinadi, tadqiqot jarayonida qayta ishlab chiqilgan, mavjud nazariy tasavvurlar doirasida umumlashtiriladi. Olingan yangi natija kompyuter saytlariga o‘tkaziladi, ilmiy nashrlarda chop etiladi. Axborot tizimiga o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ilmiy axborotga aylanadi. Faoliyatni qaysi turi bo‘lmasin, barchasi axborot qabul qilish va qayta ishlashga asoslangan. Insoniyat, u bunyod etgan ijtimoiy tuzilmalar axborot manbalari va oqimlari bilan o‘ralgan. Demak, biz o‘zimiz yaratgan axborot olamida yashaymiz. Bu olamni biosfera, neosfera va texnosferadan farq qilish uchun «informosfera» deb ataydilar. Axborotni o‘zi nima? Kibernetika fani asoschisi N.Viner axborot materiya ham emas, energiya ham emas, axborot bu axborotdir, degan edi. Bu ta’rif axborotni o‘ziga xos xodisa ekanligiga ishora qiladi xolos, lekin bu o‘ziga xoslik nimadan iborat bo‘lishini ko‘rsatmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, axborot mohiyatan o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizimlarning (jonzot, inson, jamiyat, ijtimoiy tuzilmalar va boshqalar) funksional xossasi, ya’ni faoliyat ko‘rsatish vositasi bo‘lib, shu xossa orqali tizimlarda harakat, o‘zgarish, o‘zaro ta’sir, o‘z-o‘zini tiklash, aloqa va muloqot qilish kabi faollik turlari amalga oshiriladi.3 O‘z-o‘zini tashkillashtiradigan tizimlar uchta fundamental asos – moda, energiya va axborotdan foydalanish orqali turli funksiya va amallarni bajaradilar. Jamiyatda ishlab chiqariladigan axborotlar majmuasi ijtimoiy axborot, deb ataladi. Ijtimoiy axborotni bir ko‘rinishini ilmiy axborot tashkil qiladi. Fan tizimida qo‘lga kiritilgan yangi natijalar matnda qayd qilinib, ilmiy nashrlarda chop etiladi, aloqa kanali yoki internetga uzatilgandan keyin ilmiy axborot aylanadi. Axborot bilishni zaminida turadi. Axborotda bilim, aniqrog‘i uning mazmuni ifodalanadi, aloqa kanalida bir sub’ektdan boshqasiga yetkaziladi. Shunday qilib, aloqa kanalida bilim axborotga aylanadi. Muloqatni ikkinchi sub’ekti iste’molchi sifatida axborotni qabul qiladi, uni o‘qib, anglab bilimga aylantiradi. Ayrim adabiyotlarda «axborot» va «bilim» tushunchalari aynanlashtiriladi. Vaholanki, bilim axborot emas, u ongdagi obrazlar, tushunchalar va tasavvurlardan iborat bo‘lib, nutqda, aloqa kanalida axborotni mazmuni bo‘lib qoladi.
Download 126.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling