Mavzu: Imitatsion modellashtirish Reja
Download 170 Kb.
|
Mavzu Imitatsion modellashtirish reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Imitatsion modellarga qoyiladigan talablar.
- Misol tariqasida
Gomomorfizm deganda biz asosiy strukturalari farqli bolsa ham shakl boyicha oxshashlikni tushunamiz. Bu erda obekt va uning modeli ortasidagi faqat yuzaki oxshashliklar nazarda tutilmoqda. Gomomorf modellar soddalashtirish va abstraksiyalashning mevasi xisoblanadi.
Ideal gomomorf model ishlab chiqish uchun sistemani maydaroq qismlarga ajratiladi. Bu amal masalani etarlicha tahlil qilish maqsadida bajariladi. Bu xarakatlar bir-biriga bogliq bolmagan yoki etarlicho sodda munosabatlar bilan boglangan kismlarning mavjudligiga bogliq. SHu usul bilan biz avtomashinani tahlil qilishimiz mumkin. Unda ketma-ket ravishda dvigatel, uzatmalar qutisi, privodlar va x.k. larni ish rexjimini tahlil qilishimz mumkin. 5. Imitatsion modellarga qoyiladigan talablar. Borliq olamning kichik bir uchastkasi xam toliq ifodalash, inson tomonidan tushunish uchun etarlicha murakkab xisoblanadi. Deyarli barcha muammoli vaziyatlar ota murakkab bolib, cheksiz sondagi malumotlar, ozgaruvchilar, parametrlar va munosabatlarni qamrab olishi mumkin. Model qurishga xarkat qilar ekanmiz, biz unga cheksiz faktlarni kiritishimiz, katta vaqt sarf qilishimiz mumkin. Misol tariqasida, qolga qogoz olib, xat yozish masalasini koraylik. Buning uchun qogozning kimyoviy tarkibi, qalam grafiti va ochirgichning turi, xavo namligini qogozga tasiri, qogozga ishqalanish kuchi kabi malumotlarni toplashga togri kelar edi. Ammo bu vaziyatda bizni faqat jonatiladigan xat qiziqtiradi va yuqorida keltirilgan malumotlarning birortasi ham bu masalaga aloqasi bolmaydi. Demak, biz organilayotgan obektga xos bolgan real malumotlarning kattagina qismini tashlab yuborishimiz mumkin. SHuning uchun ayta olamizki, barcha modellar real olamning soddalashtirilgan ifodasi yoki abstraksiyadir. Agar ular korrekt bajarilgan bolsa, real vaziyatning aksi asliga yaqinlashtirilgan boladi. Biz imitatsiya qilishni kelajakda tajribalar otkazish yoki hulqini organish, turli strategiyalarni baholash maqsadlarida real sistemaning modelini yaratish jarayoni sifatida tarifladik. Ushbu tarifdan imitatsion modellarning oziga xos belgilari kelib chiqadi. Bu belgilar quyidagilardan iborat boladi: sistema faoliyati bilan boglangan ; real olamga xos masalalarni echishga moljallangan ; sistemani boqaruvchilariga munozara obekti bolib xizmat qilishi lozim. Imitatsiya sistemaning faoliyati bilan chambarchas boglangan. Sistema biror maqsadga kora, ozaro aloqa va munosabatlarni etiborga olib, biror funksiyani (amalni) bajarish uchun bir guruhga birlashtirilgan elementlar yoki obektlar topldamidan iborat boladi. Sistemga misol qilib qurollarni, ishlab chiqarish korxonalarini, tashkilotlarni, transport tarmogini, kasalxona, loyihalar, inson va u boshqaradigan mashinalarni olish mumkin. Sistemaning faoliyati qozlangan maqsadga erishish uchun bajarilishi talab qilingan xarakatlar toplamidan iborat. Sistemalar xos bolgan xususiyat bu bir maqsadga qaratilganlikdir. Bu xolat bizdan model qurishda asosiy etiborni modellashtirilayotgan sistemaning maqsad va vazifalariga qaratishni talab qiladi. Imitatsiya real masalalarni echishga moljallanganligi uchun, biz oxirgi natijalarimizning sistema tomonidan berilishi kutilgan natijalarga tola mos kelishi va aks etishiga qatiy ishonch xosil qilishimiz kerak. Ayrim xollarda model manosiz natijalarni xam berishi mumkin. Bu xolda biz modellarni shubha ostiga olishimiz kerak boladi. Ixtiyoriy model parametr va ozgaruvchilarning maksimal ozgarish oraliqlari uchun baholangan bolishi lozim. Shuningdek, model agar bolsa-chi? qabilidagi savollarga ham javob berishi lozim. Qolaversa, bizning modelimiz berishi mumkin bolgan malumotlardan foydalanuvchilar ham doimo yodimizla turishi zarur. Oxir-oqibatda foydalanish mumkin bolmagan yoki qaror qabul qiluvchi shaxsga foyda keltira olmaydigan imitatsion modellarni ishlab chiqishni oqlab bolmaydi. Natijalarning istemolchilari sifatida sistemani yaratuvchi yokit faoliyati uchun masul shaxs bolishi mumkin. Umuman aytganda, modelning foydalanuvchisi bolmasa, uni yaratishning qizigi yoq. YUqoridagi mulohazalarni etiborga olib, biz yaxshi model ega bolishi kerak bolgan sifatlarni keltiramiz: foydalanuvchiga tushunarli va sodda bolishi; maqsadga qaratilganligi; manosiz natidalardan ishonchli ravishda kafolatlangan; boshqarish va muloqotda oson bolishi; asosyi masalaning mumkin bolgan echimlarini toliq ifodalashi; malumotlarni yangilash va boshqa ozgarishlarni qiritish manosida; dastlab sodda bolib, asta-sekinlik bilan ozgarishlarga va mukammallashtirishga qodir imkon beruvchi bolishi. Bu kriteriyalarning kopchiligining zarurligshi tabiiy. SHuni alohida takidlash joizki, modeldan foydalanish mumkin bolishi uchun uning foydalanuvchisining ehtiyojlari va psixologiyasi sinchkovlik bilan organilgan bolishi lozim. Imitatsion modellashtirish yaratuvchi uchun xam, foydalanuvchi uchun talim berish jarayonidan iborat bolishi kerak. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling