Mavzu: Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb etishda pedagogik va psixologning o'rni


Download 78.63 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi78.63 Kb.
#1554658
  1   2   3
Bog'liq
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta\'limga jalb etishda pedagogik va psixologning o\'rni


Mavzu: Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb etishda pedagogik va psixologning o'rni

Inklyuzivta’limbu–alohidayordamgamuhtojbo‘lganbolalarbilansog‘ lombolalaro‘rtasidagito‘siqlarnibartarafetishmaqsadidarivojlanishidanuqsonibo‘lganbolalarni, ularningnuqsonidarajasigaqarabsog‘ lomtengdoshlaribilanbirgalikdata’limvatarbiyaolishimkoniniberuvchita’limtizimihisoblanadi. Barchata’limtizimlariningmaqsadvavazifalaribo‘lganikabiinklyuzivta’limninghamo‘zvazifalarimavjud. Bulargaquyidagilarkiradi:Ta’limmuassasalaridaalohidayordamgamuhtojbo‘lganbolalarvao‘smirlarningta’limolishlariuchunzarurbo‘lganpsixologik, umumta’limpedagogikhamdakorreksionshart-sharoitlaryaratish, ularningimkoniyatigamosdasturlariniishlabchiqish;


Maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchilarini umum ta’limmaktablari bilan uyg‘ unlikdafaoliyatolibborishiyo‘libilano‘quvchilarningta’limdagitenglikhuquqinikafolatlash;Alohidayordamgamuhtojhamdasog‘ lombolalaro‘rtasidagito‘siqlarnibartarafetishdajamiyatvaoilaningfaolishtirokinita’minlash;Bolaning ehtiyojlarni qondirish;Alohida yordamga muhtoj bolalarni jamiyatga, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalaridan ajralmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; [1]Albatta alohida yordamga muhtoj bolalarni sog‘ lom bolalar bilan birgalikdagi ta’lim tizmini tashkil etishdan oldin inklyuziv ta’limda ham bir qancha tamoyillar ishlab chiqilgan. Quyida esa inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari keltirilgan :Inklyuziv ta’limning e’tirof e’tilishi ;Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lish tamoyili ;Bog‘ lanishning mavjud bo‘lish tamoyili;Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili;Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili;Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili;Malakaviylik tamoyili. [1]Keling endi mana shu tamoyillarni tahlil qilib ko‘ramiz. Birinchi navbatda inklyuziv ta’limning e’tirof e’tilishiga to‘xtalsak . Aslini olib qarasak inklyuziv ta’lim tushunchasi bizga yaqin oradakirib kelgan tushuncha hisoblanmaydi . Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni integratsiyasi haqida 1990-yildan buyon bir qancha dekloratsiya va qonunlar qabul qilingan . Lekin bu qonunlarni hayotga tadbiq etishda ko‘plab muammolar yuzaga kelgan. Shuning uchun ham inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda , aholi o‘rtasida targ‘ ibot –tashviqot ishlarini olib borish birinchi o‘rindagi
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/12”102masala hisoblanadi. Ko‘plab davlatlarda bunday targ‘ ibot ishlari olib borilib, alohida yordamga muhtoj bolalarning integratsiyasi va integratsiyalashgan ta’lim tarbiyasi allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. “Integratsiya” tushunchasining o‘zi nima? “Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, integrative-qo‘shiluvchi, birlashuvchi, integration-qo‘shilish, birlashish degan ma’nolarni anglatadi. Integratsiyaning o‘zi ham ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:Ijtimoiy integratsiya;Pedagogik integratsiya;Pedagogik integratsiya ya’ni jismoniy, aqliy yoki hissiyrivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni sog‘ lom bolalar bilan ta’limini tashkil etish. AQSH da mazkur sohada “inklyujen” dasturi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur “inklyujen” dasturi, hattoki, Daun sindromli bola ham sog‘ lom bolalar bilan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Albatta, bunday bola uchun alohida dastur, o‘ziga xos osonlashtirilgan topshiriqlar ishlab chiqilib, dasturni samarali amalga oshirish ko‘p tomondan o‘qituvchiga bog‘ liq. Lekin, AQSH da bu modelni tadbiq etish bilan bir qatorda maxsus maktablardan ham butunlay vos kechilmagan. Biroq bolani u yerga joylashtirish eng oxirgi chora hisoblanadi. Endishu joyiga biroz e’tibor qaratsak . Nega AQSH integratsiyalashgan ta’limni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa ham , maxsus maktablardan butunlay vos kechmadi? Sababi shundaki, ta’limga integratsiya va maxsus maktablarni mavjudligi ikki o‘zaro parallel zaruriy shartlar hisoblanadi. Inklyuziv ta’lim tushunchasini yana bir davlat misolida ko‘rib chiqsak. Angliyaning ham ko‘pgina regionlarida vaba’zi boshqa mamlakatlarda imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida “Potedj” tizimidan samarali foydalanib kelinadi. Mazkur tizim 1970-yillarda AQSH da vujudga kelib, uning asosini har bir bolaga uning xususiyatlarini inobatga olgan holda individual tarzda tuzuluvchi dastur tashkil etadi. [1]Shunday qilib, hozirgi paytda ko‘pgina mamlakatlarda alohida yordamga muhtoj bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojarini inobatga olgan holda alohida ta’lim va tarbiya
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/12”103berishdan inklyuziv ta’limga o‘tilib kelinmoqda. Aslina olib qaraganda O‘zbekistonda ham bu ta’lim tizimini tashkil etish ancha yillar oldin boshlangan, lekin bu yo‘lda bir qancha muammolar paydo bo‘lgan. Inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun maktablarda kerakli shart–sharoitlarning mavjud emasligi, resurs o‘qituvchilarning yetishmasligi va eng asosiysi aholining bu tizim haqida yetarli bilim va ma’lumotlarga ega emasligi bu tizimning rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Inklyuziv ta’limni joriy qilish ham asosan shaharlarda tashkil qilinib chekka qishloqdagi alohida ta’lim olishga ehtiyoji bor bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar chunki ota–onalar nogiron farzandini shahardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlashda qiyinchilikka duch kelmoqdalar. Bugungi kunga kelib respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda 21,2ming nafar, 21 ta sanatoriya turdagi maktab-internatlarda 6,1 nafar o‘quvchilar ta’lim –tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.[2]Avvalambor, inklyuziv ta’limni tashkil etish deganda biz faqatgina alohida yordamga muhtoj bolalarni sog‘ lom bolalar bilan bir maktabda yoki bir sinfda o‘tirib o‘qishini tushunmasligimiz kerak, ularga faqatgina nuqson jihatidan yondashmasligimiz kerak. Biz ularga boshqa bolalardek bir xil e’tibor qaratishimiz ularga har tomonlama yondashishimiz lozim. Bu esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim bersihni talab etadi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda alohida ehtiyojli bolalardagi nuqsonni bartaraf etish, korreksiyalash bilan bir qatorda bilim, ko‘nikmalarga ega qilish, kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish kerak. Eng asosiy jihatlaridan yana biri bunday bolalar ta’limi boshlang‘ ich va o‘rta maxsus ta’limni olishlari bilan yakunlanmasligi kerak. Ularga kasb-hunar ta’limi va oily ta’lim ham amalga oshirilishi kerak. Chunki inklyuziv ta’limning vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Inklyuziv ta’lim tizimi tashkil etilgan maktablarda alohida ta’limga muhtoj 104bolaralarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi, dastur va darsliklar ham ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bo‘lishi eng asosiysi esa boshqa bolalarning u haqidagi fikrlarini o‘zgartirish lozim. Chunki bunday bolalarning hayoti asosan yakkalab qo‘yishlar bilan bog‘ liq bo‘ladi. Shuning uchun ham inklyuziv sinf o‘qituvchisi ham bu soha bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi va sinf o‘quvchilariga to‘g‘ ri ma’lumotlar bera olishi kerak. Lekin hozirgi kunda inklyuziv ta’lim tizimini sohaga joriy qilishda muammolar ham yo‘q emas albatta. Masalan :Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmgan;Alohida ta’lim ehtiyojlaribo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish yo‘llari qoniqarli darajada bo‘lmagani sababli ota –onalar ham bu haqida yetarli ma’lumotlarga ega emas;Lekin hozirgi kunga kelib bunday muammolarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘ risida” gi PF-5712-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori” ga muvofiq 2020-2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq :Inklyuziv ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;Inklyuziv ta’limda o‘qitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish;Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sog‘ lom va baquvvat shakllanishiga erishish;Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash;
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/12”105Inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;Inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni budjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish;Inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tadbiq etish ishlari ko‘zda tutilgan.
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday etiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ta’lim tizimiga alohida ahamiyat berilgan. Birinchi Prezidentimiz tomonidan boshlangan ta’lim sohasidagi isloxotlar bugungi kunda Sh. M. Mirziyoyev tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Jahon sivilizasiyasi shuni korsatadiki, ta’lim tizimini yuqori darajaga ko‘tarmasdan turib boshqa sohalarda yutuqlarga erishib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, qonunning 9-moddasida esa “Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.” deb, ko‘rsatib o‘tilgan. Dunyo mamlakatlarida nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, ularning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rinni egallashlariga ko‘maklashish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi”, “Aqliy jihatdan orqada qolgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklarasiyasi” “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi, “Ta’lim hamma uchun” reja-dasturi to‘g‘risidagi Dakar deklaratsiyasi, “Osiyo va Okeaniya mamlakatlari nogironlar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari dasturi”, “Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash bo‘yicha Standart qoidalar”, “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya va boshqa xalqaro miqyosda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy maqsadi nogiron bolalarni himoyalashga qaratilgan bo‘lib, bu xalqaro-huquqiy asoslar ta’lim jarayoniga inklyuziv yondashuvni samarali joriy etishni nazarda tutadi.
Umumjahon miqyosida alohida e'tiborga muhtoj bolalarning ruhiy holatini inobatga olgan holda psixologik korreksiyalash metodlari, oila, jamoa va guruhlarda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish, texnologik ko‘maklashuvchi vositalar imkoniyatlarini oshirish borasida samarali ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Umumiy o‘qitish tizimida inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlari, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish, ularning huquqiy tengligi sharoitini yaratish, jamiyat a’zosi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga oid muammolar bu izlanishlarning asosini tashkil etib, ular nogiron bolalarning individual xususiyatlari va adaptiv imkoniyatlarini inobatga olish, ijtimoiy moslashuvini texnologik ta'minlash hamda qo‘llab-quvvatlash o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallamoqda.
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy salomatligini ilk yoshidan boshlab tashxislash, sog‘liqlarini doimiy nazorat qilish va mustahkamlash, har bir bolaning sifatli bilim olishlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar inklyuziv ta’limni ham rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Alohida e’tiborga muhtoj bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga samarali jalb etish milliy pedagogikada bugun yechimini kutayotgan muhim masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, nogiron aholining, boshqa ehtiyojmand toifalarning to‘laqonli hayot faoliyatini ta'minlash uchun ularga tibbiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish” kabi vazifalar belgilanib, bu borada nogiron bolalarga ta’lim-tarbiya berishga dunyoviy yondashuvlarni o‘rganish, ular asosida milliy inklyuziv ta’lim jarayonini tashkil etish va takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash texnologiyalari, moslashuv va muloqotni tashkil qilishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-sentabrdan kuchga kirgan yangi taxrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni, 2017-yil 1-avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5006-sonli Farmoni hamda 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5270-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020-yil 13-oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori va Qarorga 1-ilova sifatida qabul qilingan “2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish KONSEPSIYASI va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu mavzuni yoritishga oid huquqiy asoslardir.
Inklyuziv ta’lim alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o‘qishi, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun esa quyidagi talqin ko‘proq to‘g‘ri keladi. Inklyuziv ta’lim – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirilgan, o‘ziga tortuvchi, qamrab oluvchi ma'nolarini, lotinchada esa includ – qamrab olaman, jalb qilmoq, ya'ni alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan va oddiy bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etishdir. Inklyuziv ta’lim – davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalardan biridir. Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan, voyaga yetayotgan o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Umumta’lim maktablarda joriy etilgan inklyuziv ta’limning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarning oddiy tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o‘qishi, teng huquq va imkoniyatlar tengligini berish, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish, o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun zaruriy pedagogik-psixologik va korreksion sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Umumta’lim maktablarga oddiy bolalarning barchasi borsa, alohida e'tiborga muhtoj bolalar ham jalb etilishi kerak. Inklyuziv ta’limning oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab yo‘lga qo‘yilayotganligi muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolalarning keyinchalik atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishiga, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan va shu bilan birga, kundalik-maishiy ehtiyojini qondirish ko‘nikmalarini erta egallashlariga, hayotga moslashib, umumta’lim maktablarida tengdoshlari qatori darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishiga, topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini egallashlariga ko‘maklashadi. Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’lim – alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar yoki boshqa sabablar tufayli tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan va barcha bolalarga teng xuquq va imkoniyatlar tengligini beradigan ta’lim tizimidir. Shuningdek, inklyuziv ta’lim – millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy va ma'naviy ahvoli, oilasining jamiyatda tutgan o‘rni, jismoniy yoki rivojlanishda kamchiligi bo‘lishidan qat'iy nazar barcha bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadigan ta’lim hisoblanadi.
Inklyuziv maktab – inklyuziv ta’lim tashkil etilgan maktablar bolalarning bilim olishi shaxsiy huquqlarini himoyalaydi. O‘quvchilari turlicha, sog‘lom va yengil darajada nogiron bo‘lgan, ularning barchalariga har birlari uchun o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoit yaratilgan maktabdir.
Inklyuziv ta’lim faoliyati dasturi Ispaniyaning Salamanka shahrida dunyoning 92 davlati va 25 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida maxsus ehtiyojlar ta’limi Butunjahon konferensiyasida qabul qilingan. Unda alohida e'tiborga muxtoj bolalar, yoshlar va yoshi kattalarga oddiy ta’lim tizimi doirasida ta’lim berish zarur va kerak ekanligini tan olgan holda, barcha uchun maxsus ta’limning tamoyillari, islohotlari bo‘yicha “Salamanka bayonoti” qabul qilingan. Unda hammaga: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz va murojaat qilamiz: inklyuziv ta’lim tamoyilini qonun yoki islohot, deb qabul qiling”1, deb da'vat qilingan. Uning maqsadi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, milliy yordam uyushmalari, nodavlat tashkilotlar va boshqa bo‘limlarni maxsus ehtiyojlar ta’limi amaliyoti, islohoti va tamoyillari bo‘yicha bayonotni hayotga tatbiq etishning islohotlari va faoliyatlari bilan tanishtirishdir. Dastur Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan va konferensiyada qatnashgan davlatlar tajribalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar chop etgan
_______________________________________________
1Ture Yonsson. Inklyuziv ta’lim. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. YuNESKO Xalqaro tashkiloti. Opereyshen Mersi Xalqaro tashkiloti, Respublika ta’lim markazi. – T., 2003.

qo‘lyozmalar, maslahatlar va turli masalalar yechimlari, ayniqsa, nogiron shaxslar imkoniyatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha standart qoidalar asosida ishlab chiqilgan. Har bir bolaning ta’lim olishi uchun butunjahon “Inson huquqlari” dekloratsiyasida qabul qilingan va butunjahon “Ta’lim barcha uchun” dekloratsiyasida qayta qat'iy qayd etilgan. Agar talab etilsa, har bir nogiron shaxs o‘z xohishini o‘zlashtirgan ta’limiga asosan bildirish huquqiga ega. Ota-onalar bolalarining xohishi, holati, ehtiyojlariga mos keluvchi ta’lim shaklini tanlash bo‘yicha maslahatlar olish huquqiga egadirlar. Inklyuziv ta’lim alohida e'tiborga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo‘rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, me'yorda rivojlangan bolalar o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Buni amalga oshirish uchun har bir bolaga nuqsonidan kelib chiqqan holda individual yondashish, ular uchun qulay sharoit yaratish kerak. Alohida e'tiborga muhtoj bolalar uyiga yaqin, o‘ziga qulay ommaviy bog‘cha yoki maktabga qatnaydi. U yerda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf rahbari amalga oshiradi.



Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’lim jarayoni o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, shu sohada ishlaydigan mutasaddilar, o‘qituvchilar zimmasiga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bunday ta’limda sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlarni bajaradilar. Sog‘lom bolalar bilan alohida e'tiborga muhtoj bolalar orasidagi tafovut o‘zidagi jismoniy imkoniyatining cheklanganligi sababli o‘z tengdoshlariga qo‘shilmaslik, tortinchoqlik, uyalgan yoki kamsitilgan ba’zilarining esa oilada haddan tashqari avaylanganliklari sababli qaysar, injiq bo‘lib qolganliklari tufayli yuzaga keladi.
Har bir inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim maktablarda maxsus tayyorgarlikga ega (resurs) pedagog bo‘ladi. Inklyuziv ta’lim tashkil etilgan muassasalar nufuzining qanchalik muhimligi, mana shu maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga bog‘liqdir. Chunki, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar beradi va ko‘maklashadi, maxsus o‘qitish uskunalari, jihozlari bilan ta'minlaydi, ota-onalar, o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazadi, dars jadvali, dasturga, kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi. Shuningdek, shu yo‘nalishda ishlaydigan o‘qituvchilarning malakasini oshiradi, bilim mahoratini boyitadi, sog‘liqni saqlash xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muhitni yaratadi. Bu ta’lim faoliyat dasturi birqancha maxsus, hududiy, bosqichli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ular jamiyat istiqbolini, ehtiyojini, resurs talablarini, mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limga jalb kilingan va alohida e'tiborga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ta’lim-tarbiyada yuqori muvaffaqiyatlarga erishishda uchraydigan turli muammolar bolalarning individual ruhiy kechinmalarining qanchalik hisobga olinishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarda o‘ziga ishonch hissini orttirish, umidsizlikka berilishining oldini olishda o‘qituvchi faoliyati ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilishi zarur. Inklyuziv ta’limda oddiy o‘qituvchilar treningi va maktabning barcha uchun faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatni yaxshilash uchun o‘qituvchilar sinflarda barcha bolalarda javobgarlik hissini uyg‘otishlari kerak bo‘ladi. Alohida e'tiborga muhtoj o‘quvchilarning qiziqishlariga mos, bilim va qobiliyatlariga monand ta’lim berish sinf xonasida umumiy tarzda olib boriladigan faoliyatdir.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarga asoslangan inklyuziv ta’lim jamiyatga ham foydalidir. Bu esa o‘z navbatida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani oddiy bog‘cha yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo‘lidagi birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqga ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta’lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi va barcha bolalar uchun foydali bo‘lgan samarali pedagogika tamoyillarini targ‘ib etadi. Insonlarning turli xilda bo‘lishi normal holat, deb qabul qilingan va o‘rganish jarayonining tabiati va bosqichlaridan kelib chiqib, bola mazkur jarayon talablariga emas, balki ushbu jarayon bola talablariga moslashtirilishi lozim.

Download 78.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling