Mavzu: Imloviy savodxonlikni oshirishda ta’limiy diktantlar
Download 22.64 Kb.
|
Imloviy savodxonlikni oshirishda ta’limiy diktantlar
Mavzu: Imloviy savodxonlikni oshirishda ta’limiy diktantlar Ta’limiy diktantlar biror imlo (orfografiya)qoidasi bilan bog‘liq bo‘lgan fonetik , so‘z yasalishi va morfologik mavzuni mustahkamlash, o‘quvchini ongiga singdirish va uni yozuvda qo’llay olishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Ular sinfda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda avvalo mustahkamlash ko‘zda tutilgan orfogramma (masalan, x va h harflarining yozilishi) o‘quvchilarga eslatiladi, shu harflar ishtirokida so‘zlar ko‘rsatiladi, talaffuzi harf bilan qiyoslanadi, farqi aniqlanadi. O‘quvchilar bunday so‘zlarni xato yozmasliklariga o‘qituvchi ishonch hosil qilsa, u so‘zlarni yozishga da’vat etadi. Ayrim hollarda diktant yozish davomida imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarning yozilishini o‘qituvchidan so‘rab olib, so‘ng yozish, yozib bo‘lgandan so‘ng bu so‘zning imlosini o‘qituvchidan aniqlab olish va o‘z xatosini tuzatish huquqi beriladi. Imlo malakalarini mustahkamlashda, til sezgirligini oshirishda, o‘quvchining xotirasini yaxshilashda bu usul foydali. Ta’limiy diktantlat darsda turli maqsadda o‘tkaziladi. Masalan, yangi mavzu o‘tilgach, diktant yozdirish mumkin. Bunda o‘qituvchi imlosi tanish bo‘lmagan so‘zlarning yozilishini xattaxtada ko‘rsatishi, og‘zaki izohlab berishi yoki ayrim o‘quvchilardan o‘tilgan yangi mavzuni va u bilan bog‘liq imlo qoidasini qanday tushunganligini so‘rab (bu orqali o‘quvchilarga berilgan bilim eslatilib), so‘ng yozdiriladi. Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra ta’limiy diktantlar uch turga bo‘linadi: 1) orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlar; 2) nazariy bilimlarni mustahkamlaydigan ta’limiy diktantlar; 3) nutqni o‘stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar. Orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlarda o‘qituvchining talabi bilan o‘quvchilar darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. Darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning faollik bilan fikrlashlari, matndagi so‘zlar imlosiga mustaqil yondoshishlari asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning izoh, fikr-mulohazalarini kuzatib boradi, ozgiuna xatolik sezsa, shu vaqtning o‘zida tuzatadi. Bunday diktantning quyidagi turlari orqali yozma savodxonlik ustida ish olib boriladi: 1. Ta’kidiy diktant 2. Izohli diktant 3. Lug‘at diktant 4. Saylanma diktant 5. Erkin diktant 6. Yoddan yozuv (o‘z diktant) 7. Ijodiy diktant Ta’kidiy diktant. Bu diktant turi o‘quvchilarni yozuvda so‘zlarni xato yozishdan saqlaydi, imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunda eshituv organi orqali qabul qilingan taassurotlar bilan birga, so‘z tarkibini, grammatika va imlo qoidalarini, shuningdek, to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini yaxshi bilish ham talab etiladi. Ta’kidiy diktantda matnni aytib turishdan oldin u yoki bu imlo qoidasi izohlanadi. Masalan, og‘zaki nutqda otlarda –lar qo‘shimchasidagi r ko‘pincha so‘z oxirida tushib qolishga moyil. Shuningdek, l undoshi yoki -la qo‘shimchasi bilan tugagan fe’l o‘zak-negiziga -ar, -r qo‘shimchalari qo‘shilganda yoki ko‘plik qo‘shimchasi –lar dan so‘ng unli harf kelganda r undoshi hamisha aniq talaffuz qilinishini qiyoslash orqali ko‘plik qo‘shimchasi imlosini puxta (ya’ni har ikki holatda ham r yozilishini) o‘zlashtirib olishlari ta’kidlanadi. 1. Otam – o‘qituvchilar. Ular maktabda ishlaydilar. 2. Bolalar jalada qolib rosa ividilar. Bolalarning quloqlari tagida vizillab hushtak chalar, yuz-burunlarini muzdek tili bilan yalardu. (F.M.) Ta’kidiy diktantni og‘zaki o‘tkazish ham mumkin. O‘qituvchi jumlalarni adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda sekin o‘qiydi, o‘quvchilar imlosi mustahkamlanayotgan qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmalarini ajratadilar, ularning imlosi izohlanadi. Izohli diktant. Diktantning bu turida ham imlosi qiyin so‘zlarning orfografiyasini eslatish va ta’kidlash orqali yozdirish o‘rinli bo‘ladi.Izohlanayotgan so‘z diktant yozilgandan so‘ng izohlanadi. Bunda so‘zning imlosi oldindan eslatilmaydi, matndagi so‘zlarni o‘quvchilar o‘z bilganlaricha yozadilar. Matndagi imlosi puxta o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni qanday yozayotganliklarini o‘qituvchi o‘quvchilardan diktant yozdirib bo‘lingach, birma- bir so‘raydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni xattaxtada ko‘rsatish, og‘zaki izohlash yoki ayrim faol o‘quvchilarni so‘zlatish orqali tuzatiladi. Demak, izohli diktant o‘quvchilardagi imloga oid ko‘nikmalarning qay darajada ekanligini aniqlashga imkon beradi. Shu jihatdan izohli diktant ta’kidiy diktantga nisbatan ancha murakkab bo‘ladi. Izohli diktant orqali o‘quvchilar bilimi ikki tomonlama aniqlanadi: 1. O‘quvchilarning diktant yozishdagi savodxonligi o‘rganiladi. Bunda o‘rganilgan imlo va grammatik qoidalarni qay darajada qo‘llayotganliklari bilinadi. 2. O‘quvchilar bilimiga doir nazariy kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. O‘quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi bu har ikkala imkoniyat kelgusi ishlarni rejalashtirishda va xatolarni tuzatishda o‘qituvchiga qo‘l keladi. Izohli diktant o‘quvchilarni xatosiz yozishga o‘rgatadi. Bu diktant turini 3-4 sinfda tez-tez o‘tkazib turish foydalidir. Download 22.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling