MAVZU:TA’LIMIY DIKTANTLAR:ta’kidiy, izohli, erkin, saylanma, ijodiy, lug‘at va ko‘rsatuv
Nazariy dars rejasi № 1
Sinf:
|
8-“B”
|
Dars o‘tiladigan sana:
|
13. 11. 2023
|
O‘quv fanining nomi: Ona tili
Mavzu nomi: Ta’limiy diktantlar: ta’kidiy, izohli, erkin, saylanma, ijodiy, lug’at va ko‘rsatuv.
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: “Ta’limiy diktantlar: ta’kidiy, izohli, erkin, saylanma, ijodiy, lug’at va ko‘rsatuv” mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga diktant va uning turlari haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gap bo‘laklariga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. O‘zbek adabiy tilida diktantlar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Diktant va uning turlarini bilib oladilar.
3. Diktantni ta’lim jarayonidadagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar.
4. Turli xil amaliy-nazariy topshiriqlar, mashqlar asosida qo‘llash holatlarini amalda ko‘radilar.
Dars tipi: noan’anaviy dars.
Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, tushuntirish, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), “Teskari test” metodi, klaster.
Do'stlaringiz bilan baham: |