Mavzu: ta’limiy diktantlar: ta’kidiy, izohli, erkin, saylanma, ijodiy, lug‘at va ko‘rsatuv Nazariy dars rejasi №1


Download 39.02 Kb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi39.02 Kb.
#1789239
1   2   3   4
Bog'liq
11-MAVZU diktant va uning turlari

Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash
Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, matn va mashqlar asosida
Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash
Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, rangli va oq qog‘ozlar, markerlar.
Dars turi: nazariy-amaliy.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;
d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.

  • Dars shiori: Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.

(O‘zbek xalq maqoli)

Abdulla Avloniy
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash. (10 daqiqa) “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra o‘quvchilar gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlariga ketma-ket bittadan gap tuzadilar. Zanjirning halqalarini uzib qo‘ymaslik uchun har bir o‘quvchi gap tuzishi kerak bo‘ladi.

III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
1. O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi. Yangi mavzu slaydlar asosida tushuntiriladi.
2. Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar beriladi, misollar keltiriladi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)

Guruhlarda ishlash.
Darslikda berilgan topshiriq guruhlash va tahlil usulida bajariladi.
V. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)
Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)
Darslikda berilgan 53-topshiriq uyga vazifa qilib beriladi.


Download 39.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling