Mavzu: Immunologik tolerantlik
Download 0.57 Mb.
|
Immunologik tolerantlik
Mavzu:Immunologik tolerantlik
1.Immunologik tolerantlikning ochilish tarixi.Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik — barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususiyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenga nisbatan immunologik javobining yoʻqolishi yoki susayishi. "Tolerantlik" termini ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan koʻchirib oʻtqazilgan begona toʻqimaga nisbatan organizm immun sistemasi "chidamliligini" koʻrsatish maqsadida taklif etilgan. "Immunologik falajlik", "areaktivlik", "antigen ogʻirligi" kabi terminlar Tolerantlikning har xil shakllariga mos keladi. Sogʻlom organizmning immun tizimi oʻzining antigenlariga nisbatan tolerant boʻlishi tufayli organizm toʻqima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantligining fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Qon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarning ona qornida boʻladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan antigenlariga nisbatan oʻzaro fiziologik Tolerantlik paydo boʻlishi mumkin. Bakteriya va viruslarga nisbatan Tolerantlik latent, yaʼni yashirin infeksiya yuqqanida (masalan odamda zardobida gepatit virusi tushganda) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning taqdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan Tolerantlikning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniqlanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan Tolerantlikning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling