Harakat potensiali

Download 228.95 Kb.
bet1/11
Sana19.04.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1367392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakat potensiali

Harakat potensiali

Harakat potensiali. Nerv va muskul tolasining bir qismiga yetarlicha kuchli ta’sirlovchi vosita (masalan, elektr toki) bilan ta’sir etilsa, shu qismda qo‘zg‘alish vujudga keladi, uning eng muhim ko‘rinishlaridan biri - tinchlik potensiali o‘zgarib, harakat potensiali vujudga kelishidir. Harakat potensialini ikki xil usulda: tolaning tashqi yuzasiga qo‘yilgan elektrodlar yordamida (hujayra sirtidan) va protoplazma ichiga kiritilgan mikroelektrodlar yordamida (hujayra ichidan) qayd qilish mumkin. Potensialni hujayra sirtidan yozib olinganida tolaning qo‘zg‘algan qismi yuzasi sekundning mingdan bir necha ulushigga to‘g‘ri keladigan juda qisqa vaqt ichida tinch turgan qo‘shni qismiga nisbatan manfiy elektr zaryadli bo‘lib qoladi. Hujayra ichidan mikroelektrodlar yordamida potensiallar farqini yozib olish shuni ko‘rsatadiki, harakat potensialining amplitudasi tinchlik potensialining amplitudasiga nisbatan 30-55 mv ortiq ekan. Bu ortiqlikning sababi shundaki, qo‘zg‘alish paytida tinchlik potensiali yo'qolib ketmaydi, balki teskari belgili potensiallar farqi vujudga keladi, shuning natijasida membrananing tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bo‘lib qoladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling