Harakat potensiali

Download 228.95 Kb.
bet3/11
Sana19.04.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1367392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakat potensiali

Nerv va skelet muskul tolalarida harakat potensiali 0,3-3 ms davom etadi, ayni vaqtda repolyarizasiya fazasi depolyarizasiya fazasiga nisbatan hamisha uzoqroq bo'ladi. Nerv va muskul tolasi 10° sovutilganda, harakat potensiali, ayniqsa tushuvchi fazasi taxminan 3 baravar uzoqroq davom etadi.

Iz potensiallari. Harakat-potensiali iz potensiallari bilan davom etadi. Ularni birinchi bo'lib, D.S. Voronsov qayd qilgan, keyinchalik esa J.Erlanger va G.Gasser, shuningdek boshqalar ham mukammal o'rgandilar. Iz potensiallar ikki xil ko'rinishda namoyon bo'ladi: manfiy va musbat izli potensiallar. Ularning amplitudasi bir necha millivoltdan oshmaydi. Iz potensiallari bir necha millisekunddan bir necha o'n sekundgacha davom etadi. Ular qo'zg'alish tamom bo'lgach, nerv va muskul tolalarida sekin davom etuvchi tiklanish jarayonlari bilan bog'liqdir. Harakat potensiali va manfiy izli potensiali o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni ko'rib chiqaylik. Keltirilgan yozuvdan ko'rinadiki, repolyarizasiya fazasi uzoqligi jihatdan teng bo'lmagan ikki qismga ajratiladi. Membrana repolyarizasiyasi dastlab tez borib, keyin sekinlashadi va asta to'xtaydi. Bu vaqt manfiy izli potensiali boshlanishiga to'g'ri keladi. Membrana qisqa muddat davomida qisman depolyarizasiyalanib qoladi, taxminan 15 msek davom etadi va shundan so'ng, membrana potensiali dastlabki miqdor 85 mv gacha to'la tiklanadi. Manfiy iz potensialni ko'pincha membrananing iz depolyarizasiyasi ham deb ataydilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling