Harakat potensiali


Download 228.95 Kb.
bet7/11
Sana19.04.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1367392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakat potensiali

Molyuska kalmarning gigant nerv tolalari ustida sun'iy tuz eritmalari bilan perfuziya qilingan tajribalar harakat patensiali kelib chiqishi natriy nazariyasi to'g'riligini batamom tasdiqladi. Aksoplazma kaliy ionlariga boy eritma bilan almashtirilganda, tola membranasi tinchlik potensialini normal saqlash bilan chegaralanib qolmay, normal amplitudali yuz minglab harakat potensiallarini ham uzoq vaqt vujudga keltirib turishi aniqlandi. Hujayra ichidagi eritmada K+ ionlari qisman Na+ ionlari bilan almashtirilsa va hujayra ichi va sirti o'rtasida Na+ ionlarining konsentrasiyalari farqi shu tariqa kamaytirilsa, harakat potensiali kamayadi. Agar hujayra ichidagi K+ ionlari butunlay Na+ionlari bilan almashtirilsa, tola harakat potensiali hosil bo'lishi imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ladi. Yana boshqa tajribalar ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Agar hujayra tashqarisidagi eritmadan Na+ ionlari konsentrasiyasi kamaytirilsa, u holda harakat potensiali yuzaga chiqmaydi, yana analogik holat yuz beradi, hujayra tashqarisidagi eritmaga natriy kanallarining blokatori-TTX (tetradotoksin) eritmasi perfuziyalansa, harakat potensiali yuzaga chiqmaydi. Yuqoridagi tajribalardan ko'rinib turibdiki, tinchlik holatida ham, qo'zg'alish paytida ham potensiallar farqi hujayra membranasida ro'y berishiga hech shubha qolmaydi. Membrana ichi va sirtidagi Na+ va K+ ionlari konsentrasiyasining farqi tinchlik va harakat potensiallari vujudga keltiradigan harakatlantiruvchi kuch ekanligi ma'lum bo'ldi.

Harakat potensialining vujudga kelishi nerv va muskul tolalari membranasining Na+ va K+ ionlariga nisbatan o‘tkazuvchanligining o‘zgarishiga bog‘liq. Ta‘sirlovchi, odatda elektr toki, membranani oz miqdorda depolyarizatsiyaga uchratadi. Bu boshlang‘ich depolyarizatsiya natriy kanallarining bir qismini ochib, hujayra ichiga qaratilgan kuchsiz natriy oqimi hosil qiladi. Oqim depolyarizatsiyani kuchaytiradi, ochilgan kanallar soni ko‘payib, membrananing natriy kationlari uchunn o‘tkazuvchanligi bir zumda 10-20 baravar oshib ketadi. Natijada musbat zaryadli natriy elektr kimyoviy gradiyent bo‘yicha katta tezlikda hujayra ichiga kira boshlaydi.


Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling