Harakat potensiali
Download 228.95 Kb.
|
Harakat potensiali
Harakat potensialining vujudga kelishi nerv va muskul tolalari membranasining Na+ va K+ ionlariga nisbatan o‘tkazuvchanligining o‘zgarishiga bog‘liq. Ta‘sirlovchi, odatda elektr toki, membranani oz miqdorda depolyarizatsiyaga uchratadi. Bu boshlang‘ich depolyarizatsiya natriy kanallarining bir qismini ochib, hujayra ichiga qaratilgan kuchsiz natriy oqimi hosil qiladi. Oqim depolyarizatsiyani kuchaytiradi, ochilgan kanallar soni ko‘payib, membrananing natriy kationlari uchunn o‘tkazuvchanligi bir zumda 10-20 baravar oshib ketadi. Natijada musbat zaryadli natriy elektr kimyoviy gradiyent bo‘yicha katta tezlikda hujayra ichiga kira boshlaydi.Membranadagi potensiallar qutbi o‘zgaradi: uning ichki yuzasi tashqi tomonga nisbatan musbat zaryadga ega bo`lib qoladi. Bu harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichi. Demak, depolyarizatsiyani, ya‘ni natriy kanallarining ochilishi va hujayra ichiga musbat natriy ionlarining tez o‘tishini vujudga keltiradi.Ion kanallarini membranani kesib o‘tgan juda ingichka nay, deb tasavvur qilish mumkin (4-rasm). Bu nayning devori oqsil makromolekulalaridan iborat. Kanal tashqi uchiga yaqin joyda 0,3-0,5 nm gacha torayadi. Demak, kanallardan diametri shunga yaqin bbo`lgan zarrachalar o‘tishi mumkin. Kanalning toraygan qismi kationlarni saralab o‘tkazadi. Shunning uchun u tanlovchi (selektiv) filtr deyiladi. Kanallarning soni aksariyat hujayralarda ko‘p emas: membraananing bir necha million lipid molekulalaridan iborat bo`lgan bir kvadrat mikrometr sathida 20-30 kanal mavjud. Kanalning hujayra ichiga qaratilgan qismi ancha keng, bbu yerda ikki tavaqali ―darvoza‖ joylashgan. Darvoza tavaqalarining ochilib-yopilishi biri-biriga bog‘liq emas. Shuning uchun ularni ikkita mustaqil darvoza deb hisoblashadi. Darvozalardan biri membrananing depolyarizatsiyalanishi ta‘sirida tez ochiladi. Bu aktivatsion darvoza. Uning ochilishi Na+ ning hujayra ichiga kirishiga yoi beradi. Hujayra tinch holatda bo`lganda bu darvozalar yopiq turadi. Ayni vaqtda ikkinchi xil darvozalar ochiq bo`ladi. Ular inaktivatsion darvozalar deyiladi. Inaktivatsion darvozalar membrana depolyarizatsiyalanganda, nisbatan sekin yopiladi. Shuning uchun harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichining boshida aktivatsion darvozalar ochilgan bo`lsa, inaktivatsion darvoza yopilib ulgurmaydi.Bu davrda ikkala darvoza ochiq bo`lib, kanaldan natriy kationining o‘tishiga to‘siq bo`lmaydi. Ammo depolyarizatsiya hali davom etaveradi, u inaktivatsion darvozani sekin yopib, kanalni berkitadi. Natriyni hujayra ichiga o‘tishi to‘xtaydi. Depolyarizatsiya to‘xtagandan so‘ng inaktivatsion darvoza sekin ochiladi, aktivatsion darvoza esa tez yopiladi – kanallar asli holiga qaytadi.Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling