Harakat potensiali
Download 228.95 Kb.
|
Harakat potensiali
Bu o‘zgarishlar harakat potensialining egri chizig'iga tushuvchi tarmoq tarzida qayd qilinadi (repolyarizasiya). Iz potensiallarining yuzaga chiqishida Na+va K+ ionlariga nisbatan membrananing oz yoki ko'p o'tkazuvchanligi bilan bog'liqdir. Masalan, harakat potensiali tamom bo'lgach, birmuncha vaqt boshlang'ich miqdordan ko'ra ko'proq K+ ionlarini membrana orqali o'tkazib turishi sababli, musbat izli potensiali yuzaga keladi. Protoplazmadan chiquvchi Kationlar oqimining kuchayishi esa membrananing iz giperpolyarizasiyasiga olib keladi. Harakat potensiali tamom bo'lgach, birmuncha vaqt boshlang'ich miqdordan ham ko'proq Na+ ionlarini membrana orqali o'tib turishi sababli manfiy izli potensiali kelib chiqadi, degan taxminlar mavjud.Molyuska kalmarning gigant nerv tolalari ustida sun'iy tuz eritmalari bilan perfuziya qilingan tajribalar harakat patensiali kelib chiqishi natriy nazariyasi to'g'riligini batamom tasdiqladi. Aksoplazma kaliy ionlariga boy eritma bilan almashtirilganda, tola membranasi tinchlik potensialini normal saqlash bilan chegaralanib qolmay, normal amplitudali yuz minglab harakat potensiallarini ham uzoq vaqt vujudga keltirib turishi aniqlandi. Hujayra ichidagi eritmada K+ ionlari qisman Na+ ionlari bilan almashtirilsa va hujayra ichi va sirti o'rtasida Na+ ionlarining konsentrasiyalari farqi shu tariqa kamaytirilsa, harakat potensiali kamayadi. Agar hujayra ichidagi K+ ionlari butunlay Na+ionlari bilan almashtirilsa, tola harakat potensiali hosil bo'lishi imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ladi. Yana boshqa tajribalar ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Agar hujayra tashqarisidagi eritmadan Na+ ionlari konsentrasiyasi kamaytirilsa, u holda harakat potensiali yuzaga chiqmaydi, yana analogik holat yuz beradi, hujayra tashqarisidagi eritmaga natriy kanallarining blokatori-TTX (tetradotoksin) eritmasi perfuziyalansa, harakat potensiali yuzaga chiqmaydi. Yuqoridagi tajribalardan ko'rinib turibdiki, tinchlik holatida ham, qo'zg'alish paytida ham potensiallar farqi hujayra membranasida ro'y berishiga hech shubha qolmaydi. Membrana ichi va sirtidagi Na+ va K+ ionlari konsentrasiyasining farqi tinchlik va harakat potensiallari vujudga keltiradigan harakatlantiruvchi kuch ekanligi ma'lum bo'ldi.Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling