Harakat potensiali
Download 228.95 Kb.
|
Harakat potensiali
Ion kanallarini membranani kesib o‘tgan juda ingichka nay, deb tasavvur qilish mumkin (4-rasm). Bu nayning devori oqsil makromolekulalaridan iborat. Kanal tashqi uchiga yaqin joyda 0,3-0,5 nm gacha torayadi. Demak, kanallardan diametri shunga yaqin bbo`lgan zarrachalar o‘tishi mumkin. Kanalning toraygan qismi kationlarni saralab o‘tkazadi. Shunning uchun u tanlovchi (selektiv) filtr deyiladi. Kanallarning soni aksariyat hujayralarda ko‘p emas: membraananing bir necha million lipid molekulalaridan iborat bo`lgan bir kvadrat mikrometr sathida 20-30 kanal mavjud. Kanalning hujayra ichiga qaratilgan qismi ancha keng, bbu yerda ikki tavaqali ―darvoza‖ joylashgan. Darvoza tavaqalarining ochilib-yopilishi biri-biriga bog‘liq emas. Shuning uchun ularni ikkita mustaqil darvoza deb hisoblashadi. Darvozalardan biri membrananing depolyarizatsiyalanishi ta‘sirida tez ochiladi. Bu aktivatsion darvoza. Uning ochilishi Na+ ning hujayra ichiga kirishiga yoi beradi. Hujayra tinch holatda bo`lganda bu darvozalar yopiq turadi. Ayni vaqtda ikkinchi xil darvozalar ochiq bo`ladi. Ular inaktivatsion darvozalar deyiladi. Inaktivatsion darvozalar membrana depolyarizatsiyalanganda, nisbatan sekin yopiladi. Shuning uchun harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichining boshida aktivatsion darvozalar ochilgan bo`lsa, inaktivatsion darvoza yopilib ulgurmaydi.Bu davrda ikkala darvoza ochiq bo`lib, kanaldan natriy kationining o‘tishiga to‘siq bo`lmaydi. Ammo depolyarizatsiya hali davom etaveradi, u inaktivatsion darvozani sekin yopib, kanalni berkitadi. Natriyni hujayra ichiga o‘tishi to‘xtaydi. Depolyarizatsiya to‘xtagandan so‘ng inaktivatsion darvoza sekin ochiladi, aktivatsion darvoza esa tez yopiladi – kanallar asli holiga qaytadi.Aktivatsion darvozalarning ochilib-yopilishi membrana potensialiga bog‘liq. Ularning membranaga botiq uchi musbat zaryadga ega. Hujayra tinch holatda bo`lganda membrananing ichki yuzasidagi manfiy zaryadlar uni o‘ziga tortadi. Darvoza kanalga nisbatan ko‘ndalang holatda uni to‘sib turadi. Depolyarizatsiya boshlanib, membrananing qutblari o‘zgaradi. Darvozaning musbat zaryadli ucchini manfiy zaryadga ega bo`lib qolgan tashqi yuza torta boshlaydi. Darvoza kanal ‖qirg‘og‘ida‖ faraz qilingan nuqtadagi o‘q atrofida aylanib, kanaalga nisbatan uzunasiga joylashadi, kanal ochiladi. Bu gaplar natriy kanallari faoliyatiga taalluqli. Natriy kanallari faoliyatini to‘xtatib qo‘yadigan maxsus modda – tetrodotoksin yordamida olingan natijalarga muvofiq, kanallar soni turli hujayralar membranasining kvadrat mikronida bir necha o‘n onnadan bir necha minggacha yetishi mumkin.Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling