Harakat potensiali
Download 228.95 Kb.
|
Harakat potensiali
Musbat izli potensial membrananing o'ta qutblanishida, ya'ni normal qutblanishning kuchayishida - (giperpolyarizasiyasida) ifodalanadi. Bu potensial miyelensiz nerv tolalarida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Tajriba sharoitida nerv tolasi ichiga tetra etil ammoniy (TEA)-kaliy kanallarini blokatori yuborilsa, repolyarizasiya jarayoni pasayadi. Tabiiy sharoitlarda, ushlanib qolgan kaliy oqimi, harakat potensialining generasiyasidan so ‘ng, hujayra membranasining giperpolyarizasiyasini ta’minlaydi, ya‘ni musbat izli potensialni yuzaga chiqaradi. Bundan tashqari, musbat izli potensiali natriy-elektrogen nasos faoliyati natijasida ham vujudga kelishi mumkin.Musbat izli potensial membrananing o'ta qutblanishida, ya'ni normal qutblanishning kuchayishida - (giperpolyarizasiyasida) ifodalanadi. Bu potensial miyelensiz nerv tolalarida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Tajriba sharoitida nerv tolasi ichiga tetra etil ammoniy (TEA)-kaliy kanallarini blokatori yuborilsa, repolyarizasiya jarayoni pasayadi. Tabiiy sharoitlarda, ushlanib qolgan kaliy oqimi, harakat potensialining generasiyasidan so ‘ng, hujayra membranasining giperpolyarizasiyasini ta’minlaydi, ya‘ni musbat izli potensialni yuzaga chiqaradi. Bundan tashqari, musbat izli potensiali natriy-elektrogen nasos faoliyati natijasida ham vujudga kelishi mumkin.Miyelinli nerv tolalarida iz potensialining o ‘zgarishlari murakkabroq: manfiy iz potensiali ko'pgina hollarda musbat iz potensiali bilan almashinadi, ba’zan esa yangidan manfiy zaryadli potensiallar vujudga keladi, so'ngra tinchlik potensiali to‘liq qayta tiklanadi.Harakat potensiali vujudga kelishining ion m exanizm i. Qo‘zg‘aluvchan membranalarda harakat potensiali vujudga kelishining sababi shuki, membrananing ion o‘tkazuvchanligi o'zgaradi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, harakat potensiali kattaligining ortib borishi va membrananing zaryad belgisining o'zgarishi, hujayra ichiga natriy kirishi bilan bog'liqligini birinchi bo'lib, 1952 yilda A.Xodchkin, B.Kats va AXakslilar o'zlarining harakat potensiali kelib chiqishini natriy nazariyasida ko'rsatib berdilar. Hujayra ta'sirlanganda membrana Na+ ionlari uchun o'tkazuvchanligi K.4 ionlariga nisbatan taxminan 20 baravar ortadi. Shu sababli tashqi eritmadan protoplazmaga o'tadigan musbat zaryadli Na4 ionlarining oqimi tashqariga chiqayotgan KT ionlari oqimiga nisbatan ancha ortib ketadi. Buning natijasida, membrana qayta zaryadlanadi: tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bo'lib qoladi. Hozir aytilgan ionlar harakatidagi o'zgarishlar harakat potensialining egri chizig'ida ko'tariluvchi tarmoq shaklida qayd qilinadi (depolyarizasiya). Membrananing Na* ionlariga o'tkazuvchanligi juda qisqa vaqt davom etadi. Shundan keyin, hujayra tiklanish jarayoni ro'y beradi, natijada membrana Na+ionlarini yana yomon o'tkaza boshlaydi, aksincha K+ ionlarini yaxshiroq o'tkaza boshlaydi.Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling