Harakat potensiali


Download 228.95 Kb.
bet10/11
Sana19.04.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1367392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakat potensiali

Aktivatsion darvozalarning ochilib-yopilishi membrana potensialiga bog‘liq. Ularning membranaga botiq uchi musbat zaryadga ega. Hujayra tinch holatda bo`lganda membrananing ichki yuzasidagi manfiy zaryadlar uni o‘ziga tortadi. Darvoza kanalga nisbatan ko‘ndalang holatda uni to‘sib turadi. Depolyarizatsiya boshlanib, membrananing qutblari o‘zgaradi. Darvozaning musbat zaryadli ucchini manfiy zaryadga ega bo`lib qolgan tashqi yuza torta boshlaydi. Darvoza kanal ‖qirg‘og‘ida‖ faraz qilingan nuqtadagi o‘q atrofida aylanib, kanaalga nisbatan uzunasiga joylashadi, kanal ochiladi. Bu gaplar natriy kanallari faoliyatiga taalluqli. Natriy kanallari faoliyatini to‘xtatib qo‘yadigan maxsus modda – tetrodotoksin yordamida olingan natijalarga muvofiq, kanallar soni turli hujayralar membranasining kvadrat mikronida bir necha o‘n onnadan bir necha minggacha yetishi mumkin.

Kaliy kanallarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi natriy kanallarinikiga o‘xshash, farqi faqat bu kanallarnning selektivlik (tanlab o‘tkazish) darajasida va inaktivatsiya rivojlanishining tezligida. Kaliy kanallarining tanlab o‘tkazish qobiliyati juda yuqori, ulardan boshqa kationlar, masalan Na+ deyarli o‘ta olmaydi. Nerv tolalaridagi kaliy kanallarining inaktivatsiyasi depolyarizatsiya bir necha sekund davom etsagina yuzaga chiqadi.

Demak, ta‘sirot membranada boshlang‘ich depolyarizatsiyani yuzaga keltiradi, u esa natriy kanallarining oz qismi ochilishiga sabab bo`ladi. Kanallarning ochilishi hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimini hosil qiladi. Bu oqim boshlang‘ich depolyarizatsiyani kuchaytiradi va boshqa kanallarning ochilishiga olib keladi. Natriy kationlarining hujayraga juda tez kirishi depolyarizatsiyani cho‘qqisiga yetkazadi. Inaktivatsion darvozalar yopilishi bilan natriy oqimi to‘xtaydi. Shu vaqtning o‘zida depolyarizatsiya natijasida kaliy kanallari sekin-asta ochiladi va tashqariga qaratilgan kaliy oqimi tezlashadi. Musbat kaliy ionlarining tashqariga chiqishi membranani repolyarizatsiyalaydi. Kaliy oqimi davomli bo`lsa, membrana giperpolyarizatsiya holatiga o‘tishi mumkin. Bu vaqtda membranadagi potensiallar farqi tinchlik potensiali miqdoridan oshib ketadi. Harakat potensialining egri chizig‘ida iz potensiallarining giperpolyarizatsiya (musbat) bosqichi paydo bo`ladi.


Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling