Harakat potensiali

Download 228.95 Kb.
bet5/11
Sana19.04.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1367392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakat potensiali

Harakat potensiali vujudga kelishining ion m exanizm i. Qo‘zg‘aluvchan membranalarda harakat potensiali vujudga kelishining sababi shuki, membrananing ion o‘tkazuvchanligi o'zgaradi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, harakat potensiali kattaligining ortib borishi va membrananing zaryad belgisining o'zgarishi, hujayra ichiga natriy kirishi bilan bog'liqligini birinchi bo'lib, 1952 yilda A.Xodchkin, B.Kats va AXakslilar o'zlarining harakat potensiali kelib chiqishini natriy nazariyasida ko'rsatib berdilar. Hujayra ta'sirlanganda membrana Na+ ionlari uchun o'tkazuvchanligi K.4 ionlariga nisbatan taxminan 20 baravar ortadi. Shu sababli tashqi eritmadan protoplazmaga o'tadigan musbat zaryadli Na4 ionlarining oqimi tashqariga chiqayotgan KT ionlari oqimiga nisbatan ancha ortib ketadi. Buning natijasida, membrana qayta zaryadlanadi: tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bo'lib qoladi. Hozir aytilgan ionlar harakatidagi o'zgarishlar harakat potensialining egri chizig'ida ko'tariluvchi tarmoq shaklida qayd qilinadi (depolyarizasiya). Membrananing Na* ionlariga o'tkazuvchanligi juda qisqa vaqt davom etadi. Shundan keyin, hujayra tiklanish jarayoni ro'y beradi, natijada membrana Na+ionlarini yana yomon o'tkaza boshlaydi, aksincha K+ ionlarini yaxshiroq o'tkaza boshlaydi.

Membrananing Na’ ionlarini kamroq o'tkazishiga olib keladigan jarayonlar inaktivatsiya deb ataladi. N a1 ionlari aynan inaktivatsiya tufayli, Na* oqimining protoplazmaga kirishi keskin kamayib ketadi, bu holat o'z navbatida musbat zaryadli K* ionlari oqimini kuchaytirib yuboradi. Bu ikki jarayon natijasida membrana yana qayta qutblanadi, tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan yana musbat zaryadli bo’lib qoladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling